2025 yil apreliga qadar bölgan bir yil içida dunyodagi dollar milliarderlari soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 287 nafarga oşdi. Bu kuzatuvlar tarixidagi eng katta yillik ösişlardan biridir.

Şveytsariyaning UBC banki tomonidan e’lon qilingan taqdiqotga köra, milliarderlarning umumiy soni 2919 kişiga yetgan. Ularning jami boyligi 13 foizga köpayib, 15,8 trillion dollarni taşkil etadi.

Yangi milliarderlar orasida 91 kişi boylikni meros orqali qölga kiritgan bölib, uşbu mablağlarning umumiy miqdori 298 mlrd dollarni taşkil etadi. Bu — rekord körsatkiçdir. Tadqiqotga köra, yaqin 15 yil içida milliarderlardan merosxörlarga kamida 5,9 trillion dollar pul ötkazilgan.

AQŞda milliarderlar boyligi 18 foizga oşib, 6,9 trillion dollarga yetgan, ularning soni ham 924 kişigaça oşgan. Butun dunyo milliarderlarining qariyb uçdan bir qismi Qöşma Ştatlarda yaşaydi. Bir yil içida röyxatga 109 nafar yangi ism qöşilgan bölsa, 18 kişi esa undan çiqib ketdi.  

Mintaqalar kesimida ikkinçi öringa Osiyo–Tinç okeani joylaşgan: bu yerda milliarderlar boyligi 4,2 trillion dollarni taşkil etadi (+11,1 foiz). Undan keyingi örinlarda 4,1 trillion dollar (+10,4 foiz) boylik bilan Yevropa, Yaqin Şarq va Afrika keladi.

Tarmoqlar böyiça eng katta ösiş işlab çiqariş sohasida qayd etildi — uşbi sektorda milliarderlar boyligi 27,1 foizga oşib, 1,7 trillion dollarga yetgan. Bu summaning sezilarli qismi Ilon Mask hissasiga töğri keladi. IT sohasida aktivlar 3 trillion dollarga (+23,8 foiz), moliya sektorida 2,3 trillion dollarga (+17 foiz), iste’mol tovalari va çakana savdoda esa 3,1 trillion dollarga (+5,3 foiz) oşgan.