Osmonöpar binolar köp mamlakatlarda quriladi, ammo dunyoda 100 qavatdan baland binolar unçalik ham köp emas. Eng köp qavatli osmonöpar bino — Dubaydagi Burj-Xalifa (BAA). Unda texnik qavatlarni hisobga olmagan holda 162 qavat bor (ayrim manbalarda 163 deb körsatiladi).

Ikkinçi örinda Şanhaydagi (Xitoy) Şanhay minorasi — 128 qavat. Qavatlar soni böyiça uçinçi bino Seulda (Janubiy Koreya) joylaşgan: Lotte World Towerda 123 qavat bor.

Ğarbiy yarimşardagi eng köp qavatli bino — Çikagodagi Uillis-tauer. Unda 108 qavat bor. Yevropada eng köp qavatli bino sifatida Moskvadagi «Federatsiya minorasi (Şarq)» körsatiladi — unda 95 qavat. U balandligi böyiça Sankt-Peterburgdagi «Laxta Tsentr»dan ortda qolsa-da, qavatlar soni jihatidan «Şarq» uni ortda qoldiradi.

Yevropada osmonöpar binolar dunyoning boşqa qismlariga nisbatan ança kam quriladi. Ayrim şaharlarda esa umuman köp qavatli binolar qurişga taqiq mavjud. Parijda bir neçta baland binolar bor bölsa-da, ular mahalliy aholi noroziligiga sabab bölgan. Xususan, 2023 yilda şaharda 12 qavatdan baland binolar qurilişi taqiqlangan. Şunga öxşaş çeklovlar avval ham joriy etilgan, biroq keyinçalik bekor qilingan holatlar bölgan.