Toşkentda «Osmonöpar şahar» quriladi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi axborot xizmati.

Tadbirkorlar bilan 28 iyul kuni oçiq eşiklar kuni doirasida bölib ötgan uçraşuvda Toşkent şahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqxöjayev taqdim etilgan loyihalarning 35 foizini tasdiqladi. Boşqa investorlarga muqobil uçastkalar va obektlar taklif etildi.

Foto: Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati

«Investitsiyalar uy-joy qurilişi, ijtimoiy va işlab çiqariş obektlari, savdo-köngiloçar majmualarga yönaltirilgan. Jami 591 million dollarlik 62ta loyiha taqdim etildi (ulardan 173 million dollari töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar)», - deyiladi xabarda. 

Loyihalardan biri - SF Global kompaniyasining Sky City («Osmonöpar şahar») binolar majmuasi. Loyihaga kiritilgan jami investitsiya miqdori 500 million dollarni taşkil etadi. Uşbu mablağlarning yarmini sarmoyadorlar şaharni obodonlaştirişga investitsiya qilişga tayyor.

Foto: Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati

Katta maydonda 30-40 qavatli zamonaviy binolar majmuasini quriş rejalaştirilgan. Ulardan biri mehmonxona, beştasi - ofis va oltitasi - turar-joy böladi.

Uçraşuvda quriliş uçastka yakuniy tasdiqlanganidan söng beş oydan ötib boşlanişi haqida qaror qabul qilindi.