AQŞ prezidenti Donald Tramp Daniya, Norvegiya, Şvetsiya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Finlandiyaga nisbatan bojlar joriy etilişini e’lon qildi.

"2026 yil 1 fevraldan boşlab yuqorida nomlari tilga  olingan mamlakatlarning AQŞga yetkazib beradigan barça mahsulotlari uçun ön foizlik boj joriy etiladi", — deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmoğida.

Uning qayd etişiça, 1 iyundan tarif 25 foizga oşiriladi, bojlar esa "Grenlandiya töliq va yakuniy jihatdan qölga kiritilmagunça" amal qiladi. 

Trampning sözlariga köra, AQŞ uzoq yillar davomida Daniya va YeIning barça mamlakatlariga subsidiya berib kelgan. Endi esa ular Grenlandiyaning olinişiga tösqinlik qilib, "xavfli öyin qilişmoqda".

Avvalroq Oq uy ma’muriyati rahbarining örinbosari, AQŞ prezidentining içki xavfsizlik böyiça maslahatçisi Stiven Miller Grenlandiyani faqat uni himoya qiladiganlargina nazorat qilişi mumkinligi, Daniya esa bunga juda kiçiklik va ojizlik qilişini aytgandi.

Şu haftada Daniya va Grenlandiya taşqi işlar vazirlari Oq uyda AQŞ davlat kotibi Marko Rubio va vitse-prezident Jyey Di Vens bilan uçraşuv ötkazdi, lekin Amerikaning Grenlandiya böyiça nuqtai nazarini özgartirişga erişa olmadi.

Yevropa mamlakatlari orolga öz harbiylarini jönatişga tayyorligini bildirgan, ammo Oq uy matbuot kotibi Karolin Levittning sözlariga köra, bu AQŞ prezidentining rejalariga heç qanday ta’sir körsatmaydi.