Assalomu alaykum. Bugun 18 yanvar, yakşanba. Qişning odatdagidan issiq kelgan kunlari ortda qolib, sovuq kunlar boşlandi. Afsuski, kunlar sovişi bilan elektr va gazda uzilişlar köpaydi, yana gaz quyiş şoxobçalari oldida tirbandlik. Qişning yarmi energetika tizimiga oğirlik qilmaydigan darajada iliq ötganiga qaramay, baribir uzilişlar bölyapti. Mayli, qaçondir xulosa qilişar.
Bizga öxşab 15 yil avval gazdan uzilgan qişloqda yaşasangiz, maslahatim «svet»ga işonib qolmang. «Şum bola»dagi Omon aytganiday, birinçidan, qimmat, ikkinçidan, istalgan vaqtda öçib qolişi mumkin. Ota-bobolarimizni asrlar davomida qişdan olib çiqqan ötin va kömirdan işonçlisi yöq, aytib qöyay. Biz odatdagidek haftaning ba’zi muhim voqealarini birgalikda eslaymiz.
Eronda namoyişlar
Bu hafta ham Eronda namoyişlar tinçigani yöq. Endi bemalol aytsak böladi, bu mamlakat zamonaviy tarixidagi eng jiddiy namoyişlar bölyapti. Xalqaro taşkilotlar qurbonlar soni mingdan oşganini aytmoqda, eronliklar mamlakatdagi ölikxonalardan olingan videolarni ming kilometrlab internet qidirib, taşqi dunyoga yetkazyapti. Boşqa davlatga çiqib keta olgan eronliklar jurnalistlarga öliklar juda köp ekanini aytib bermoqda.
Ilon Mask Starlink’ni Eronda tekin qilib qöygani aytilmoqda. Tehron esa butun mamlakatni internetdan uzib qöyişni eplaganidan ruhlanib endilikda Eronni töliq taşqi internetdan uziş haqida öylayotgani borasida xabarlar bor. Yana ba’zi xabarlarga köra, Rossiya Eronda internetni bloklaşga yordam berayotgan ekan.
Xullas, eronliklar juda yomon kunlarni boşdan keçirmoqda. Narx-navo oşganidan norozilik kayfiyatida boşlangan namoyişlar qonli töqnaşuvlarga aylanib ketdi. Eng yomoni, u yerda nima bölayotganini bilib boriş imkonsiz. Rejim bor kuçi bilan namoyişlarni bostirişga intilmoqda, lekin namoyişçilar bu gal böş kelmoqçi emas. Ular neftga va iste’dodli insonlarga boy eronliklar hozirgidek inqirozda, xalqaro yakkalanişda emas, ozod, boy, tamaddunning bir qismi sifatida yaşaşga haqli, deyişmoqda.
«Yordam yölda»
AQŞ prezidenti Tramp Erondagi voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqda. U namoyişçilarni qatl etiş davom etsa, Eronga zarba beriş bilan tahdid qildi. Tramp Eronga zarba berişga qaror ham qildi, mamlakatning Qatardagi harbiy bazasidan askarlar evakuatsiya qilindi, Eron bir muddat osmonini har qanday parvozlar uçun yopdi. Tramp Maduroni olganidan keyin endi uning tahdidlarini jiddiy qabul qilişmoqda. Balki şuning uçundir, Tehron namoyişçilarni qatl etmasligini ma’lum qildi. Tramp bunga javoban Eronga zarba bermaslikka qaror qildi. Aytgança, arab davlatlari Trampdan «Eronga yana bir imkon berişni söragani» aytilmoqda.











