Birlaşgan Arab Amirliklarida Şayx Zayd nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofotining (Zayed Award for Human Fraternity) 2026 yilgi laureatlari e’lon qilindi.
Ozarboyjon va Armaniston örtasida imzolangan tarixiy tinçlik kelişuvi, şuningdek, afğon qizlari ta’limi himoyaçisi, huquq faoli Zarqa Yaftali joriy yilgi mukofot sovrindorlari sifatida e’tirof etildi.
Ozarboyjon va Armaniston örtasida tinçlik va davlatlararo munosabatlarni örnatiş töğrisidagi bitim – ikki davlat rahbariyatining Kavkazdagi önlab yillar davom etgan mojarolar va gumanitar azob-uqubatlarga barham berişga qaratilgan muhim siyosiy qarori sifatida baholangan.
Butun umrini ayollar va bolalarning ta’lim oliş huquqini himoya qilişga bağişlagan ayol Zarqa Yaftali esa uşbu mukofotga Afğoniston va undan taşqaridagi 100 mingdan ortiq aholiga ta’lim resurslari, psixologik-ijtimoiy yordam va mahalla darajasida xizmatlar körsatgani uçun sazovor bölgan.
Mukofot sovrindorlarini tanlaş jarayoni xalqaro miqyosda tan olingan mustaqil hakamlar hay’ati tomonidan amalga oşirildi. Hay’at tarkibida turli mintaqalardan yetuk siyosiy, diniy va gumanitar arboblar bilan bir qatorda Özbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham iştirok etdi. U Markaziy Osiyodan uşbu hay’atga kiritilgan birinçi va hozirça yagona vakil hisoblanadi.
Saida Mirziyoyeva 2026 yil mukofoti laureatlari e’lon qilinişi tinçlik va inson qadr-qimmati tamoyillariga global axloqiy sodiqlikni özida mujassam etganini tasdiqladi. U bu e’tirof xalqaro hamjamiyatga yana bir bor umid bağişlaşi va insoniyat birodarligining muhim va barqaror özgarişlarga hissa qöşiş qobiliyatini tasdiqlaşini ta’kidlagan.
2026 yilgi mukofot sovrindorlari orasida e’tirof etilgan tinçlik kelişuvi ikki davlat rahbariyatining murakkab tarixiy ziddiyatlarni muloqot va kelişuv yöli bilan hal etişga bölgan siyosiy irodasini ifodalaydi. Ozarboyjon prezidenti Ilham Aliyev uşbu mukofotni mintaqaviy va global tinçlik yölidagi sa’y-harakatlarga berilgan yuksak baho sifatida qabul qilganini ta’kidladi. Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan mukofotni umumiy va jamoaviy yutuq, ikki xalq örtasida işonçni mustahkamlovçi ramziy e’tirof sifatida baholadi.
Huquq himoyaçisi Zarqa Yaftali esa mukofotning unga berilişi afğon ayollari va qizlari uçun muhim umid va dalda bölişini qayd etgan. U köp yillar davomida ta’lim oliş imkoniyatidan mahrum qatlamlar uçun bilim resurslari, ijtimoiy-psixologik yordam va mahalliy darajadagi qöllab-quvvatlaş xizmatlarini yölga qöygan.












