18 yanvar kuni keçqurun Ispaniya janubidagi Kordova provinsiyasida ikkita tezyurar poyezd töqnaşib ketdi – Iryo kompaniyasining Malagadan Madridga qarab harakatlangan yölovçi poyezdi hamda Renfe kompaniyasining Madriddan Uelva tomon harakatlangan Alvia rusumli poyezd.
Avariya Adamus şaharçasi yaqinida röy bergan. El Pais naşriga köra, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 19:45 da Iryo poyezdi sostavining oxirgi uçta vagoni relsdan çiqib ketgan va parallel ötgan yölni bloklab qöygan, bu yöldan şu vaqtda qarama-qarşi yönalişda Alvia poyezdi kelayotgandi. Alvia maşinistiga favqulodda tormozni amalga oşiriş uçun vaqt yetmagan va dastlabki ikkita vagon balandligi taxminan tört metrni taşkil etuvçi temiryöl kötarmasidan pastga qulagan.
Sönggi rasmiy ma’lumotlarga köra, avariya oqibatida 39 kişi halok bölgan. Yana 152 kişi jarohat olgan, şundan beş nafari öta oğir ahvolda qolmoqda. Ispaniya transport vaziri Oskar Puente qurbonlar soni ortişi mumkinligidan ogohlantirgan. Poyezdlarda jami 480 ga yaqin kişi bölgan.

Susana Vera / Reuters / Scanpix / LETA

Francisco J. Olmo / Europa Press / AP / Scanpix / LETA
Avariya sabablari hozirça noma’lum; tekşiruv ötkaziş uçun mustaqil komissiya tuzilgan. Vazir Puente avariyani «juda ğalati» deb atadi, çunki bu hodisa yölning 2025 yil mayida yangilangan uçastkasida sodir böldi. Vagonlari izdan çiqib ketgan Iryo poyezdi 2022 yilda foydalanişga topşirilgan va hodisadan tört kun oldin tekşiruvdan ötkazilgandi.
Bundan taşqari, yölning poyezdlar töqnaşgan qismi insonlar xatosining oldini olişga möljallangan xavfsizlik tizimi bilan jihozlangan, qolaversa, ikki poyezd ham soatiga 200 kilometr tezlikda harakatlangan bölsa-da, belgilangan tezlik çegarasidan oşmagan, deya qayd etadi Renfe kompaniyasi prezidenti Alvaro Fernandes Eredia.
















