Toşkentda davlat ramzlariga hurmatsizlik qilgan qiz ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud qarorida keltirilişiça, 2004 yil Farğona viloyatida tuğilgan Ş. 2025 yil 28 oktyabr kuni Filippinning Manila şahrida ötkazilgan “Yer gözali 2025” körik-tanlovida iştirok etgan. U tanlovda Özbekiston Respublikasi davlat bayroği hamda gerbi tasvirlangan libosda qatnaşgan. Uşbu libosda tuşgan suratini esa ijtimoiy tarmoqdagi öz sahifasiga joylaştirgan.

Ş. sudda aybiga qisman iqrorlik bildirgan.

“Manila şahrida 25 yildan buyon dunyo böylab ötkazib kelinayotgan “Yer gözali 2025” körik-tanlovida iştirok etdim. Uşbu tanlovda Özbekiston Respublikasi davlat bayroği hamda gerbidan ilhomlanib, libos tiktirdim. Biroq libosimda davlat bayroğida mujassam bölgan ranglar ketma-ketligi bölgani bilan unda tasvirlangan yarim oy va 12 yulduz yöq”, degan u sudda.

Qiz suddan öziga nisbatan yengillik söragan.

JIB Mirobod tuman sudining 2026 yil 19 yanvardagi qarori bilan Ş. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 203-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni (davlat ramzlari töğrisidagi qonunçilikni buziş) sodir qilişda aybli deb topildi. Unga BHMning 2 baravari (824 ming söm) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Avvalroq özbek sömini yoqib, olovida tamaki tutatgan xorijlik işçilar ma’muriy jazoga tortilgandi.