«Qoraboğ» bu mavsumda ajablantirişdan töxtamayapti – Ozarboyjon jamoasi bu safar «Ayntraxt»ga qarşi öyinning 80-daqiqasiga qadar 1:2 hisobida ortda bora turib, yakunda ğalabaga erişdi. Holbuki bokuliklar jamoasi tarkibi YeÇLning bu mavsumidagi iştirokçilari orasida eng arzon uç tarkibdan biri sanaladi.
Kambek Duranning dubli bilan boşlandi – u Jafarguliyevning uzatmasidan keyin töpni bir teginişda darvoza töriga yölladi. Mezbonlar raqib jarima maydonini şturm qilişda davom etişdi va sönggi soniyalarda möjiza sodir böldi: avvaliga «Qoraboğ» futbolçilari burçak zarbasini muvaffaqiyatsiz ijro etişdi, ammo ikkinçi urinişda jarima maydoniga yorib kirişdi va markaziy himoyaçi Mustafozoda töpni tösin ostidan darvoza töriga mixladi. Endi oxirgi turd «Enfild»da mehmon böladigan «Qoraboğ» bir oyoği bilan ötiş öyinlarida turibdi.
Sönggi daqiqada esa «Galatasaroy» ğalaba golini urib ketişi mumkin edi: Sara burçak tomon kuçli zarba yölladi, ammo bu safar Oblak aql bovar qilmas seyv amalga oşirdi.
Mavzuga oid
Parallel öyinda «Atletiko» Istanbulda özini mezbondek his qildi va tezkor gol bilan hisobni oçdi: 4-daqiqadayoq kiçik Simeone Rudjyerining uzatmasiga yetib borib, boşda yöllagan zarbasi bilan darvoza törini işğol etdi. Köp ötmay madridliklarning boşqa futbolçisi Liorente ham öz nomini tabloga yozdirib qöydi, ammo hisob 2:0 emas, 1:1 körinişini oldi. Şallaining uzatmasidan keyin ispaniyalik yarimhimoyaçi öz darvozasini işğol etib qöygandi.
Şu kuni zaxiradan tuşgan Grizmann navbatdagi marta Simeoneni qutqarib qolişi mumkin edi, ammo uning xavfli jarima zarbasini Çaqir qaytardi, yana bir hujumda esa turkiyalik himoyaçi töpni darvoza çiziği ustida qaytardi, takroriy zarbani esa Liorente tösib qoldi. Durang natija ikki jamoaning ham vaziyatini qiyinlaştirdi. «Atletiko»ning kuçli sakkizlikka kiriş imkoniyati pasaydi, sönggi öyinni «Mançester Siti» maydonida ötkazadigan «Galatasaroy» esa ötiş bosqiçidan qolib ketişi mumkin.
Bu kutilmaganda kunning eng keskin uçraşuviga aylandi. «Slaviya» burçak zarbasidan hisobni oçdi, keyin esa Ferminning dubli tufayli hisobdagi ustunlikni boy berdi. Tanaffus arafasida çexiyaliklarga polşalik Levandovski yordamga keldi, kataloniyaliklar hujumçisi burçak zarbasidan keyin öz jamoasi darvozasini işğol etib qöydi.
Ikkinçi bölimda yana barçasi qaytadan boşlandi va mehmonlarning ketma-ket hujumlari ostida mezbonlar mudofasi parokanda bölib ketdi: avvaliga Olmo töqqizlikni aniq nişonga olib, jamoasini yana hisobda oldinga olib çiqdi. Köp ötmay Levandovski birinçi bölimdagi xatosini tuzatib, jamoa muxlislarini asabiy yakundan qutqarib qoldi. Endi kataloniyaliklar kuçli sakkizlikka kiriş sönggi turda «Kamp Nou»da «Kopenhagen»ni imkon qadar yirik hisobda mağlub etişi kerak böladi – raqobatçilar bilan oçkolar teng kelib qolgan taqdirda töplar nisbati hal qiladi.
«Marsel» muxlislari mersisaydliklarni Beatles guruhi aks etgan banner bilan qarşi olişdi. Unda Liverpuldan çiqqan guruh a’zolari gazetada fransuzlarning 2004 yil «Liverpul» ustidan ğalaba qozongani haqidagi maqolani öqib ötirgani tasvirlangan.
Muxlislar uşbu natija takrorlanişiga umid qilişgandi, ammo «Marsel» barça frontlarda tor-mor etildi. Birinçi bölim boşida Soboslai jarima zarbasidan hisobni oçdi. Ikkinçi bölimda Frimpong ğalabani mustahkamladi (uning qanotdan uzatmasidan keyin töp darvozabon Ruliga tekkan holda darvoza töriga borib tuşdi), öyinga qöşib berilgan daqiqalarda esa Gakpo qarşi hujumda hisobni yiriklaştirdi.
Keyn het-trik qilolmadi
«Bavariya» – «Yunion» 2:0
Gollar: Keyn, 52 (1:0). Keyn, 55 – penalti (2:0)
Aniq ijro etilmagan penalti: Keyn, 81’
«Bavariya»: Noyyer, Kim Min Je, Ta, Bişof, Rafael Gerreyru (Deyvis, 67), Kimmix (Goretska, 90+2), Pavloviç, Karl (Ito, 67), Dias, Olise (Gnabri, 90+2), Keyn
«Yunion»: Sxerpen, Makallister, Berdjyess, Sayks, Xalaili, van de Perre, Ait El-Hoji (Leysen, 67), Zorgan (Sxofs, 82), Floruç (Patris, 67), Smit (Fuseyni, 67), Devid (Keyta, 82)
Ogohlantirişlar: Kim Min Je, 18. Olise, 58 – Devid, 66
Çetlatiş: Kim Min Je, 63 (ikkinçi sariq)
Myunxendagi öyinning birinçi bölimidan keyingi hisob köpçilikni ajablantirdi. Ammo vaziyatlarga qaralsa, momenty, golga köproq «Yunion» yaqin edi. Ammo Promes Devidning darvozabonning olis burçagi tomon yöllagan zarbasi hisobni oçiş uçun yetarli bölmadi, çunki darvozada Noyyer turgandi. Manuel hali ham yaxşi formada ekanini namoyiş etdi va tabloda nollar qolişini ta’minladi.
Tanaffusdan keyin esa Keyn barçasini joy joyiga qöydi. Avvaliga Harri Olise burçakdan oşirgan töpni yaqin burçak oldida turib darvozaga yölladi. Bir neça daqiqa ötib özi işlagan penaltini özi aniq ijro etdi. Hisob yirikroq bölişi ham mumkin edi, ammo birinçidan, 63-daqiqada Kim Min Je ikkinçi sariq kartoçkani olib, jamoasini ozçilikda qoldirib ketdi. Ikkinçidan, Keyn navbatdagi penaltini urolmadi – uning zarbasidan keyin töp tösinga bordi.
«Yuventus» yarimhimoyaçilari jamoani quloğidan tortib, oldinga boşlaşda davom etmoqda. Ikkinçi bölim boşida Tyuram yaqin burçakka kuçli zarba yöllab hisobni oçdi, köp ötmay Makkenni ajoyib texnikasini namoyiş etdi. Amerikalik futbolçi özini raqibning uç futbolçisi örab turganiga qaramay töpni saqlab qoldi va dribling işlatib darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib bordi.
«Benfika» öyin oxirida kambek uçun imkoniyatga ega bölgandi: ammo Pavlidis 81-daqiqada penaltidan foydalana olmadi. Yakunda Luçano Spalletti şogirdlari ötiş öyinlaridagi iştirokini kafolatladi, Mourinio jamoasi sönggi tört öyindan uçtasini yutqazgan holda, amalda pley-offga çiqiş imkoniyatini yöqotdi.
Londonliklar ança vaqtgaça kiprliklar «avtobusi»ni buza olmadi: darvozabon Gorter qöllari bilan ham, yelkasi bilan ham zarbalarni qaytardi, darvoza ustuni ham unga yordamga keldi. Mezbonlar faqat 78-daqiqada maqsadiga erişdi: Kaysedo öz pozitsiyasini taşlab, raqib jarima maydoniga kirib bordi va boş bilan darvozani işğol etdi. «Çelsi» ham kuçli sakkizlikda qoliş uçun oxirgi turda Neapolda yirikroq hisobda ğalaba qozonişi kerak böladi. Hozirda jami 6 jamoada, jumladan, quyiroqda joylaşgan «PSJ» va «Mançester Siti» jamoalarida ham 13 tadan oçko mavjud.
«Nyukasl»da Voltemade gol urmay qöygandi va Eddi Hau Vissani boşlanğiç tarkibda tuşira boşladi. Kongolik hujumçi «Brentford»daligidayoq olingan jarohat tufayli mavsumning yarmini ötkazib yubordi, ammo endi formaga kirmoqda. Aynan u Joelintonning uzatmasidan keyin tezkor gol urdi, bu hujumni esa maydon markazida töpni raqibdan olib qöygan Brunu Gimaraes boşlab bergandi.
Keyin esa Vissa raqib himoyaçilarini jarima maydoni yaqinida xato qilişga majburladi va Gordonni golli uzatma bilan ta’minladi. Şunday qilib, Entoni YeÇLning bir mavsumida gol uriş böyiça Alan Şirerga tegişli bölgan klub rekordini (6) takrorladi.
Öyindagi yakuniy nuqtani «qarğalar»ning qişdagi qahramoni Barns örnatdi. Yirik ğalabadan keyin jamoa kuçli sakkizlikka kirib oldi, jamoa oxirgi turda «PSJ»ga qarşi öyinda uşbu örinni saqlab qolişga harakat qiladi.
«Atalanta» öyin masalasini birinçi bölimning özidayoq hal qilişi mumkin edi – bergamoliklar qator vaziyatlardan foydalana olmadi, goh «Atletik» darvozaboni Unai Simon qutqardi, goh darvoza ustuni yoki tösini zarbani öziga qabul qildi, darvoza işğol etilganida esa hakamlar ofsayd holatini qayd etişdi. Ammo bölim oxirida Skamakka baribir hisobni oçişga erişdi.
Ikkinçi bölimda esa basklar uyğonişdi. Navarro avvaliga ikki şerigini golli paslar bilan ta’minladi, keyin esa özi uçinçi golni urdi. Krstoviçning 88-daqiqada urgan goli esa faqat hisobni qisqartirişga yaradi. Basklar vaqt çözişmadi va hujumkor öynaşda davom etişdi, lekin ğalabani qöldan boy berişmadi. Bu tur oldidan kuçli sakkizlikda turgan «Atalanta» endi 13-poğonaga quladi, dastlabki turlarni inqiroz tufayli ğalabasiz ötkazgan «Atletik»da esa ötiş öyinlariga ötiş imkoniyati paydo böldi. Buning uçun oxirgi turda «Sporting»ga qarşi uyda keçadigan öyinda durang natija ham yetarli bölişi mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi