Birinchi marta 1993 yilda taqdim etilgan Kia Sportage jahon avtomobil sanoati tarixida sezilarli iz qoldirdi. Umumiy hisobda 7 million donadan ortiq sotilgan bo‘lib, model beshta avlodni yangiladi. So‘nggi yangilanish krossoverni brendning yangi dizayn falsafasi — «Qarama-qarshiliklar birligi»ga yanada moslashtirdi. Zamonaviy ko‘rinish va takomillashtirilgan jihozlar Sportage’ning o‘z segmenti yetakchilaridan biri sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.

Eksterer

Yangi Sportage gabarit o‘lchamlari 4 685 × 1 865 × 1 660–1 680 mm (uzunligi × kengligi × balandligi — versiyasi va tom qismidagi reylinglar mavjudligiga qarab).

Yangi Sportage’ning old va orqa yoritish uskunalari «Yulduzlar xaritasi» uslubida ishlab chiqilgan bo‘lib, krossoverga zamonaviy va ifodali ko‘rinish beradi. Yangi 3D tasvirli radiator panjarasi va vertikal LED farlar dinamik va yuqori texnologiyali qiyofani shakllantiradi, shuningdek, kunduzi ham, kechasi ham mukammal ko‘rinishni ta’minlaydi.

Yangi Sportage uchun diametri 17 dan 19 dyuymgacha bo‘lgan (komplektatsiyaga qarab) bir nechta dizayn variantlarida yengil qotishmali disklar taklif etiladi, bu esa avtomobil uslubi va xarakteri uchun eng maqbul uyg‘unlikni tanlash imkonini beradi.

Yanada agressiv va ifodali obrazni afzal ko‘ruvchilar uchun X-Line versiyasi mavjud. U eksklyuziv dizayn elementlari, jumladan, qora rangdagi Kia logotiplari, shuningdek, original dizaynga ega 19 dyuymli qora yengil qotishmali disklari bilan ajralib turadi.

Interer

Yangi Kia Sportage saloni zamonaviy uslubda bajarilgan bo‘lib, yaqqol gorizontal zonalarga ajratilgan. Old panel haydovchiga yo‘naltirilgan, panoramali egilgan ekran esa 12,3 dyuymli raqamli priborlar paneli va multimedia tizimining 12,3 dyuymli displeiyni birlashtirib, to‘liq vizual sho‘ng‘ish effektni yaratadi. Bazaviy versiyada 4,2 dyuymli rangli displeyga ega Supervision priborlar paneli o‘rnatilgan.

Tekis qismi kesilgan ikki spitsali rul chambaragi intererga sportcha va nafis ko‘rinish beradi. Barcha boshqaruv elementlari ergonomik joylashtirilgan va foydalanish uchun intuitiv ravishda tushunarli.