Yaponiyaning Mazda kompaniyasi CX-5 krossoverining yangi avlodini namoyiş etdi. U Los-Anjyeles avtokörgazmasida rasman taqdim etildi. Avtomobilning savdosi kelasi yilning fevral oyida Yaponiyada boşlanadi. 2017 yil yil mobaynida yangi krossover boşqa bozorlarga ham yetkazib beriladi. CX-5 avvalgidek Nissan Qashqai va Kia Sportage kabi maşinalar bilan raqobat qiladi. 

Yangi CX-5 dizayni CX-9 va CX-4 modellariga öxşaşdir. Uning ğildiraklar bazasi özgarişsiz qolgan, biroq, uzunligi 5 mmga qisqargan. 

Krossoverning saloniga yangi örindiqlar, 7 dyuymli ekranga ega priborlar paneli,  proyeksiyaviy displey va MZD Connect axborot-köngiloçar tizimi joylangan. Bundan taşqari, navigatsiya va 10ta ovoz kuçaytirgiçga ega Bose audiotizimi haydovçi xizmatiga şay. 

Unga 2,0 yoki 2,5 litrli benzinli dvigatel yoxud 2,2 litrli dizelli motor örnatilişi mumkin. 

Dvigatellar olti diapazonli mexanik uzatmalar qutisi yoki xuddi şundan bosqiçli  «avtomat» uzatmalar qutisi yordamida maşinani harakatga keltirişi mumkin. CX-5 krossoverining oddiy modellarining old ğildiraklari yetakçi böladi, top namunalariga barça ğildiraklarini yetakçi qiluvçi tizim örnatiladi. 

Krossover şuningdek, G-Vectoring Control (GVC) tizimiga ega bölgan. U rulning buriliş burçagidan kelib çiqqan holda motorning daqiqasiga aylaniş lahzasini muvofiqlaştiriş imkonini beradi. Şu sababli, ğildiraklarga tuşayotgan yuklanişni teng taqsimlaş mumkin böladi.