AQŞ prezidenti Donald Tramp NATO bilan kelişuv doirasida AQŞ Grenlandiyaga töliq va doimiy kirişga erişganini aytdi.

«Haqiqatan ham muzokaralar olib borilmoqda, tafsilotlar muhokama qilinmoqda. Lekin mohiyatan bu töliq kirişdir. Vaqt böyiça çeklovlar yöq», dedi u.

Tramp bir neça bor Grenlandiyani nazorat qiliş AQŞga Xitoy va Rossiya tomonidan kuçayib borayotgan tahdidlarni himoya qiliş va ularga qarşi turiş, şuningdek, AQŞning köp darajali raketaga qarşi mudofaa tizimini yaratiş böyiça «Oltin gumbaz» dasturini rivojlantiriş uçun zarurligini tuşuntirgan.

Vaşington bir asrdan beri orolni qölga kiritişga harakat qilmoqda. Grenlandiyani sotib olişga AQŞ 1946 yilda eng yaqin kelgandi – şunda ular Grenlandiya uçun 100 million dollar (hozirgi kurs böyiça deyarli 1,7 milliard dollar) taklif qilgan, biroq rad javobini olgan.

AQŞ XIX-XX asrlarda bir neçta xaridlar orqali hududini kengaytirgan. RBK ularni sanab ötdi.

- 1803 yilda AQŞ prezidenti Tomas Jyefferson Fransiyadan Yangi Orleanni sotib olişni rejalaştirdi, ammo oxir-oqibat AQŞ maydoni 2,1 million kvadrat kilometr bölgan butun Luiziana mustamlakasiga 15 million dollar (hozirgi kurs böyiça 430,3 million dollar) evaziga ega böldi. Mamlakat hududi ikki barobar kengaydi. Hozir bu yerlarda 15 ta ştat bor.

- 1819 yilda AQŞ Ispaniyadan Floridani 5 million dollar (hozirgi kurs böyiça 127,6 million dollar) kompensatsiya evaziga oldi.

- 1845 yilda AQŞ Meksikadan Texasni 18,3 million dollar (hozirgi kurs böyiça 778,3 million dollar) kompensatsiya evaziga oldi.

- 1848 yilda Meksika bilan bölgan uruşdan söng, AQŞ kelajakdagi Kaliforniya va Nevada kabi ulkan hududlarni qölga kiritdi. 1854 yilda temir yöl qurilişi uçun AQŞ Meksikadan 10 million dollar (hozirgi kurs böyiça 385,9 million dollar) evaziga Mesilla hududini sotib oldi (Gadsden şartnomasi).

- 1867 yilda AQŞ Rossiya imperiyasidan Alyaskani 7,2 million dollar (hozirgi kurs böyiça 157,7 million dollar) evaziga sotib oldi - tanqidçilar masxara qilgan kelişuv keyinçalik Vaşingtonga juda boy resurslar olib keldi va hududning özi 49-ştatga aylandi.