Gaz qazib oliş

Yildan yilga Özbekistonda gaz qazib oliş hajmi kamayib borayotgandi. Ammo, rasmiy statistikaga köra, 2025 yilda 2,4 foizlik ösiş qayd etilgan. Xususan, 2025 yilda 42,3 mlrd kub gaz qazib olingan, bu körsatkiç 2024 yilda 41,3 mlrd kubni taşkil etgan. E’tiborga molik jihati, 2024 yilning yakunlari böyiça e’lon qilingan hisobotda gaz qazib oliş hajmi 44,6 mlrd kubni taşkil etgani körsatib ötilgandi. Raqamlarning birdan özgarib qolgani böyiça ma’sul davlat taşkilotlarining heç biri rasmiy izoh bergani yöq.

Gaz eksporti

Özbekiston uzoq yillar xorijga yirik hajmlarda gaz eksport qilib keladi. Qazib oliş körsatkiçlarining pasayişi fonida eksport ham oldingiga qaraganda kamaydi, ammo töxtagani yöq. Masalan, 2025 yilda 629 mln dollarlik gaz sotilgan bölib, bu qiymat jihatdan 2024 yilning mos davriga nisbatan 1,4 foizga köp.

Özbekiston gazi asosan Rossiya, Xitoy, Qirğiziston kabi mamlakatlarga eksport qilib kelingan. 2020 yilda Rossiyaga eksport töxtatildi, Xitoyga yetkazib beriş hajmi ham kamaya boşladi. Özbek gazini xorijga sotiş narxi biror marta oçiqlanmagan va bu “tijoriy sir” sifatida tavsiflanadi. Şu sababdan eksportning miqdor jihatdan qanday özgarayotganini tahlil qiliş imkonsiz.

Gaz importi

2023 yildan boşlab qazib olişdagi taqçillik Turkmaniston va Rossiyadan gaz import qilişni oşiriş hisobiga qoplana boşlandi. Bu esa Özbekistonning tabiiy gaz eksportçisidan, tabiiy gazning sof importyoriga aylanib qolişiga sabab böldi.

2020-2025 yillar oraliğida Özbekistonga import qilingan gaz hajmi qiymat jihatdan 33 barobarga oşdi.

Özbekistonning gaz zaxiralari qança?