Agar Kanada Xitoy bilan savdo kelişuvi tuzadigan bölsa, AQŞ Kanadaning barça mahsulotlariga 100 foizlik boj kiritadi, dedi AQŞ prezidenti Donald Tramp.
U Kanada Xitoy elektromobillari importini oşirib «katta xato»ga yöl qöyayotganini aytdi.
«Xitoy Kanadani ğajib taşlaydi, biznesi, ijtimoiy tuzilmasi va hayot tarzini parçalab, uni yutib yuboradi. Agar Kanada Xitoy bilan savdo kelişuvi tuzadigan bölsa, Kanadaning AQŞga olib kiriladigan barça mahsulotlariga zudlik bilan 100 foizlik boj kiritiladi», — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
Bundan taşqari, u Kanada boş vaziri Mark Karnini «gubernator» deb atadi.
«Agar gubernator Karni Kanadani Xitoy mahsulotlarini AQŞga olib kiriş uçun «ötkaziş punkti»ga aylantirişni öylayotgan bölsa, qattiq adaşyapti», — deya qöşimça qildi AQŞ prezidenti.
Kanadaning Xitoy bilan yaqinlaşuvi AQŞ bilan savdo bojlari va Grenlandiya borasidagi qarama-qarşiliklar fonida boşlandi. Tramp ötgan yil avgustida Kanada mahsulotlariga nisbatan boj miqdorini 35 foizga oşirgandi. Ungaça aksariyat mahsulotlarga nisbatan boj stavkasi 25 foiz edi.












