Içki işlar vazirining sobiq örinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev qamoqqa olingan. Bu haqda Kun.uz'ning bir-biridan mustaqil ikki manbasi ma’lum qildi.
Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov Kun.uz söroviga holatni inkor qilmagan holda holda javob berarkan, bu masala bilan Boş prokuratura şuğullanayotganini ma’lum qildi.
Boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov Kun.uz söroviga javob berişni istamadi, şu bilan birga, Bekmurod Abdullayev qamoqqa olinganini inkor ham etmadi.
Kun.uz'da sobiq vazir örinbosari aynan nimada ayblanayotgani haqida aniq ma’lumot yöq.
Bekmurod Abdullayev 2021 yil aprel oyidan içki işlar vaziri örinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boşliği lavozimida işlagan, 2025 yil 3 noyabr kuni işdan olingan edi.
Prezidentning öşa kungi farmoyişi bilan, Rustam Tursunov ham IIV huzuridagi Jazoni ijro etiş departamenti boşliği lavozimidan ozod etilgandi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 2025 yil 26 dekabr kungi parlament va xalqqa murojaatnomasida korrupsionerlarni «islohotlarga xiyonat»da ayblab, 2026 yilda korrupsiyaga qarşi «favqulodda holat» e’lon qilinişini aytgandi.












