26 yanvar kuni Özbekiston davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan mamlakat bojxona tizimi vakillari — serjant, ofitser va generallar, şuningdek, faxriylar bayram bilan qutlandi.
Tabrikda mustaqillik yillarida bojxona organlari mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlaş, milliy manfaatlarni himoya qiliş va davlat çegaralari daxlsizligini asraşda işonçli tayanç bölib kelayotgani ta’kidlandi. Yangi Özbekiston şaroitida tizimni modernizatsiya qiliş, oçiq va samarali boşqaruv tamoyillarini joriy etiş borasida amalga oşirilayotgan işlar qayd etildi.
Tabrikda sohani raqamlaştiriş, byurokratiya va inson omilini kamaytiriş, xalqaro standartlarni keng joriy etiş natijalari keltirildi. Jumladan, keyingi yillarda bojxona rasmiylaştiruvi vaqti 40 foizga qisqartirilgani, deklaratsiyalarning 20 foizi inson omilisiz amalga oşirilayotgani ma’lum qilindi. 2025 yilda 76,2 trillion söm bojxona tölovlari undirilib, körsatkiç 21 foizga oşgani va davlat budjeti daromadlaridagi uluşi 25 foizga yetgani aytildi.
Şuningdek, 1,2 trillion sömlik tovarlarning noqonuniy aylanmasiga çek qöyilgani, xavflarni oldindan tahlil qiliş orqali 7 trillion söm, tovarlarni rasmiy importga jalb etiş hisobiga qöşimça 2,3 trillion söm budjet mablağlari undirilişi ta’minlangani qayd etildi.
Tabrikda huquqbuzarliklarga qarşi kuraş yönalişidagi natijalar ham keltirildi: 1,8 tonna giyohvandlik, 1,1 tonna psixotrop va kuçli ta’sir etuvçi moddalarning noqonuniy muomalasiga çek qöyilgani bildirildi. Jahon savdo taşkiloti talablari asosida bojxona tartib-taomillari soddalaştirilgani, Jahon bojxona taşkiloti bilan hamkorlik yölga qöyilgani va xalqaro nufuz ortib borayotgani ta’kidlandi.
Bojxona laboratoriyasi va kinologiya markazining mintaqaviy filial maqomiga ega bölişi, Bojxona institutining PICARD dasturi standartlari asosida akkreditatsiyadan ötişi, bojxona idorasining taşkilot Audit qömitasi a’zoligiga saylanişi ham sohadagi özgarişlar sirasiga kiritildi. Tizimda bilimli va taşabbuskor yoş kadrlar safining kengayib borişi alohida qayd etildi.
Şu bilan birga, kelgusi beş yilda “yaşirin iqtisodiyot” uluşini ikki karra qisqartirişda bojxona organlari faoliyatini kuçaytiriş dolzarb vazifa ekani bildirildi. Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölib kirişi munosabati bilan bojxona tizimining samaradorligi va mas’uliyatini tubdan oşiriş zarurligi qayd etildi.
Tabrikda soha rivoji, moddiy-texnik baza va kadrlar salohiyatini mustahkamlaş, xodimlar mehnatini munosib rağbatlantiriş doimiy e’tibor markazida bölişi ta’kidlandi.












