Özbekiston içki işlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etiş departamenti sobiq boşliği Rustam Rahmonoviç Tursunovga nisbatan ham tergov işlari boşlangan va u ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.

Kun.uz manbasiga köra, u ham xuddi içki işlar vazirining sobiq örinbosari Bekmurod Abdullayev bilan bitta iş doirasida tergovga jalb qilingan.

Hozirça rasmiy idoralar uşbu sobiq mansabdorlarga qarşi oçilgan jinoyat işi haqida rasmiy ma’lumot bermadi.

Rustam Tursunov 2017–2018 yillarda Jizzax viloyati IIB boşliği, 2018 yildan Navoiy viloyati IIB boşliği sifatida faoliyat yuritgan. 2021 yil fevral oyidan Jazoni ijro etiş departamenti boşliği sifatida iş boşlagan, 2025 yil noyabr oyi boşida, Bekmurod Abdullayev bilan bir kunda prezident farmoyişi bilan lavozimidan ozod etilgandi.