Iqtisodiyot | 12:07
407
2 daqiqa o‘qiladi

2025 yilda xorijiy investitsiya va kreditlar 33,5 mlrd dollarga yetdi

2025 yil yanvar–dekabr oylarida iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 591,1 trln so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 10,5 foizga oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasi qayd etishicha, 2025 yilda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 591,1 trln so‘mni tashkil etdi. Mazkur o‘sish iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi yangi loyihalar hamda infratuzilma yo‘nalishlaridagi ishlar faolligi bilan izohlanadi.

Shu davrda yangi asosiy fondlarni yaratishga qaratilgan asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 33,5 mlrd AQSh dollari yoki 422,1 trln so‘m bo‘lgan. Bu, umumiy investitsiyalar hajmiga nisbatan, taxminan 71,4 foiz ulushni tashkil etadi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar taqsimoti quyidagicha:

  • ishlab chiqarish sanoati — 33,2 foiz;
  • elektr, gaz bilan ta’minlash — 17,1 foiz;
  • tog‘-kon sanoati — 11,9 foiz;
  • qishloq xo‘jaligi — 9,2 foiz;
  • qurilish — 6,1 foiz;
  • tashish va saqlash — 5,3 foiz;
  • suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya — 2,1 foiz;
  • sog‘liqni saqlash — 1,7 foiz;
  • axborot va aloqa — 1,5 foiz;
  • boshqa faoliyat turlari — 11,9 foiz.

Ahamiyatli jihati, xorijiy mablag‘lar asosan ishlab chiqarish sanoati hamda energetika (elektr va gaz ta’minoti) yo‘nalishlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid