Özbekiston milliy jamoasi Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahrida öquv-maşğulot yiğinini ötkazmoqda.
Yiğin sanasi FIFA kunlariga töğri kelmagani bois boş murabbiy Fabio Kannavaro içki çempionatdagi futbolçilarni jalb qildi.
Yiğin doirasida 26 yanvar kuni Xitoy milliy jamoasiga qarşi örtoqlik öyini ötkazildi. Bahs «yopiq eşiklar ortida» ötdi: unga muxlislar va jurnalistlar kiritilmadi, TV translatsiyasi amalga oşirilmadi.
Öyin 35 daqiqadan iborat 3 ta taym formatida ötkazildi – bunda murabbiylar yiğinga jalb qilingan futbolçilarni köproq sinab köriş imkoniyatiga ega böladi.
Bahs 2:2 hisobida yakunlandi, özbekistonliklar sönggi daqiqadagi gol evaziga mağlubiyatdan qutulib qoldi.
Nazorat öyini
26 yanvar, Dubay (BAA)
Özbekiston – Xitoy – 2:2
Gollar: Javohir Husanov 91, Behruz Karimov 105 – Raqib gollari (12 pen, 20)
Özbekiston: Ötkir Yusupov (Vladimir Nazarov 36, Edem Nemanov 71), Avazbek Ölmasaliyev (Samandar Mavlonqulov 50, Firdavs Abdurahmonov 90), Doston Tursunov (Ibrohimhalil Yöldoşev 50), Quvondiq Röziyev (Abbos Ğulomov 36, Jasur Jaloliddinov 71), Ikrom Aliboyev (Alişer Odilov 36, Xurşid Ğiyosov 71), Mahmud Mahamadjonov (Şerzod Esanov 36, Behruz Karimov 71), Anvar Hojimirzayev (Ibrohim Ibragimov 36), Nodir Abdurazzoqov (Alibek Davronov 50), Rustam Turdimurodov (Otabek Ahadov 50, Javohir Husanov 90), Aziz Xolmurodov (Oybek Bozorov, 36 Sardor Bahromov, 71), Dilşod Komilov (Jahongir Örozov, 50).












