Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) hamda Samarqand viloyati Ekologiya boş boşqarmasi tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlarida Toyloq tumani hududidan oqib ötuvçi Zarafshon daryosi özanida tungi vaqtda qum-şağal aralaşmasi noqonuniy qazib olingani aniqlandi.
Örganişlar davomida daryo özanidan noqonuniy tarzda qazib olingan noruda materiallar Urgut tumani va Samarqand şahrini boğlovçi yangi temiryöl liniyasi orqali, maxsus beton moslamalar örnatilgan holda taşilgani ma’lum böldi. Qayd etilişiça, mazkur materiallar keyinçalik ZARAFSHON PROPRIETY SERVICE MÇJ hududiga joylaştirilgan.
Hisob-kitoblarga köra, uşbu huquqbuzarlik natijasida tabiatga 422 milliard 648 million 358 ming söm miqdorida zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan töplangan hujjatlarni belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etiş çoralari körilmoqda.
Şuningdek, beton bölaklari temiryölga qöyilganligi holati böyiça hududiy içki işlar organlari tomonidan örganiş işlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uçun: Özbekiston prezidentining 2024 yil 17 yanvardagi 14-son farmoni bilan Çirçiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qaşqadaryo va Surxondaryo daryolari özanlarida noruda materiallarni qazib olişga muddatsiz moratoriy joriy etilgan. Uşbu çeklov suv havzalarini muhofaza qiliş, ekologik muvozanatni saqlaş hamda daryolarning tabiiy oqimi buzilişining oldini olişga qaratilgan.












