Toşkent viloyati hokimligining “Yagona buyurtmaçi xizmati” davlat muassasasi direktori örinbosari öz xizmat mavqeidan foydalangan holda “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimi orqali şartnoma qiymati 2 mlrd 73 mln söm bölgan obektni kapital ta’mirlaş böyiça ğolib deb topilgan pudratçi taşkilotning hisob raqamiga bönak sifatida 1,1 mlrd söm mablağ ötkazib berganligi evaziga muqaddam MÇJ rahbaridan tamagirlik yöli bilan 2 ming AQŞ dollari olgani qayd etildi.
Şuningdek, mansabdor şaxs jinoiy harakatini takroran davom ettirib, pudratçi taşkilot tomonidan quriliş işlari belgilangan muddatlarda bajarilmagani sababli undan 643 mln 530 ming söm penya undiriş böyiça Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan da’vo arizasidan voz keçiş orqali MÇJ foydasiga ajrim çiqartirib bergani evaziga 5 ming AQŞ dollarini pora tariqasida olgan vaqtida foş etildi.
Ma’lum qilinişiça, u Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan qölga olingan.
Hozirda uşbu mansabdor şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.












