2025 yilda Özbekistonda 18 816 nafar şaxs sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilingan. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, ötgan yili jinoyat işlari böyiça sudlar tomonidan 79 554 kişiga nisbatan 63 177 ta jinoyat işi körib çiqilgan. 422 nafar şaxs oqlanib, reabilitatsiya qilingan.

2025 yilda sudlangan şaxslar soni 63 340 nafarni taşkil etgan. Şundan 18 816 kişiga ozodlikdan mahrum qiliş va 43 531 kişiga boşqa turdagi jazolar tayinlangan. 993 nafar şaxs şartli hukm qilingan.

Sudlangan şaxslarning 55 829 tasi erkak, 7 511 tasi ayol, 23 973 nafari yoşlar (2 431 tasi voyaga yetmagan) va 2 830 tasi 60 yoşdan oşgan şaxslar.

8 085 kişi ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlanişi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilingan. 15 992 nafar şaxsga nisbatan esa dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravişda qöyilgan moddalar ayblovdan çiqarib taşlangan yoki qayta malakalangan.

Şuningdek, 86 nafar şaxsga kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlangan. 35 572 kişi jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilinib, 11 421 kişining jazosi yengilroği bilan almaştirilgan.

Körilgan işlarning aksariyatini quyidagi jinoyatlar taşkil qilmoqda:

  • firibgarlik;
  • transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş;
  • öğrilik;
  • giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar;
  • özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş;
  • hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş;
  • giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek, ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş;
  • qöşmaçilik qiliş yoki fohişaxona saqlaş;
  • taqiqlangan ekinlarni yetiştiriş;
  • qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş bilan boğliq jinoyatlar taşkil etadi.