Mazkur ösiş bankka bölgan yuqori işonç, şuningdek, iste’molçilar uning mahsulot va xizmatlaridan samarali foydalanayotganini yaqqol namoyon etadi. 

"Mijozlar sonining oşişi bilan bir qatorda, bankning moliyaviy körsatkiçlari ham sezilarli darajada mustahkamlandi. 2025 yil yakunlariga köra, bank aktivlari qariyb 4 barobar, depozitlar 4 barobardan köproq, kredit portfeli esa 4 barobardan ziyodga oşdi. 

Şaxsiy kapitali 91 milliard sömga köpayişi bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlab, mijozlar oldidagi majburiyatlarni işonçli bajariş va kelgusidagi rivojlaniş uçun asos yaratdi", — deydi bank boşqaruv raisi Odil Pulatov.

Mazkur natijalar Hayot Bank’ning ösişi faqat mijozlar sonining köpayişi bilan emas, real iqtisodiy faollik va operatsiyalar hajmining kengayişi bilan boğliqligini tasdiqlaydi.

«Biz uçun bank mijozlar hayotidagi muhim bosqiçlarda işonçli hamkor bölişi juda muhim. Ösiş nafaqat raqamlarda, balki xizmat sifati va mahsulotlarimizning real foydasida ham aks etişi kerak», — deydi Odil Pulatov.

Hozirda Hayot Bank biznes jarayonlarni transformatsiya qiliş, bank mahsulotlarini rivojlantiriş va xizmat körsatiş sifatini izçil oşiriş ustida faol iş olib bormoqda. Xususan, onlayn xizmatlarni kengaytiriş bilan bir qatorda, mamlakat böylab 21 ta xizmat körsatiş nuqtasini öz içiga olgan filiallar tarmoğini rivojlantirmoqda.

Asosiy e’tibor odamlar va biznes uçun sodda, tuşunarli hamda qulay moliyaviy yeçimlarni taqdim etişga qaratilgan.

Reklama huquqi asosida