Bank rivojlanishida yangi bosqich

S&P Global Ratings Hayot Bank’ka “B-” darajasidagi uzoq muddatli emitent kredit reytingi va “B” darajasidagi qisqa muddatli kredit reytingini “Barqaror” prognoz bilan taqdim etdi.

Agentlik bahosiga ko‘ra, reytinglar bankning O‘zbekiston bozorida shakllanib borayotgan pozitsiyalari, kichik va o‘rta biznes hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan ishlashga qaratilgan strategiyasi, professional jamoasi va puxta o‘ylangan o‘rta muddatli rivojlanish strategiyalarini aks ettiradi.

Reytinglarga ega bo‘lish yosh xususiy bank uchun muhim bosqich bo‘ldi. Uch yildan kam vaqt ichida Hayot Bank xalqaro baholash darajasiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bu voqea nafaqat bankning o‘sish sur’atlarini, balki O‘zbekiston bank tizimidagi kengroq o‘zgarishlarni ham ko‘rsatadi: bozor ochiqligining ortishi, raqobatning kuchayishi, xususiy bank sektorining rivojlanishi va moliyaviy institutlarga bo‘lgan ishonchning oshishi.

“Barqaror” prognozi nimani anglatadi?

 S&P Global Ratings’ning barqaror prognozi agentlikning Hayot Bank’ning keyingi 12 oy davomida aksiyadorning qo‘llashi, bozor pozitsiyalarining kengayishi va taqsimlanmagan foyda o‘sishi hisobiga kapital zaxirasini minimal talab darajasidan yuqorida mustahkamlab borishini kutayotganini anglatadi.

Hayot Bank’da ta’kidlashlaricha, reytinglarning olinishi bankning izchil ishlari va O‘zbekiston moliya sektoridagi islohotlar tufayli yaratilgan imkoniyatlar natijasi bo‘ldi. Bank tizimining liberallashuvi, ochiqlik siyosati, biznes muhiti yaxshilanishi va raqobatbardosh muhitning shakllanishi xususiy banklarga nafaqat ichki bozorda, balki xalqaro moliyaviy maydonda ham faolroq namoyon bo‘lish imkonini berdi.

Ushbu reytingni qo‘lga kiritish imkoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida izchil amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar natijasida paydo bo‘ldi. Mamlakat moliya sektorining keng ko‘lamli modernizatsiyasi, valuta tartibga solinishi liberallashuvi, biznes muhiti yaxshilangani hamda O‘zbekistonning global moliyaviy tizimga integratsiyalashuviga qaratilgan siyosat yosh xususiy banklarga qisqa muddatda xalqaro darajaga chiqish imkonini yaratdi.

Hayot Bank Boshqaruv raisi ta’kidlashicha, S&P Global Ratings reytinglari bank tomonidan bir tarafdan ishonch avansi, boshqa tarafdan esa yanada yuqori standartlarga mos bo‘lish majburiyati sifatida qabul qilinmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bank sektoridagi islohotlar, bozor ochiqligi va xususiy biznes uchun teng sharoitlarning yaratilishi yosh bankning qisqa vaqt ichida xalqaro e’tirofga erishishiga asos bo‘ldi.