16 mayda Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Hayot Bank tomonidan O‘zbekistonda islomiy bank tizimi – mamlakat moliyaviy tarmog‘i eng istiqbolli yo‘nalishlaridan birining rivojlanishiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkaziladi. Tadbir “O‘zbekiston – kuchli brendlar yurti” shiori ostida yo‘lga qo‘yilgan Brand Awards International 2026 mukofoti doirasida tashkil etiladi.
2026 yil 27 mart sanasida prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda islomiy bankingni joriy etishga qaratilgan O‘RQ-1126-son qonunni imzoladi. Hozirda islomiy moliya vositalarini joriy etish uchun institutsional baza shakllantirilmoqda, u tadbirkorlar va investorlar uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. Islomiy moliya bugungi kunda iqtisodiy o‘sishning muhim vositasiga aylanmoqda.
Konferensiya quyidagilarni bir maydonga birlashtiradi:
- § O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillari;
- § Yetakchi banklar va fintex-kompaniyalar;
- § Xalqaro ekspertlar;
- § Kichik, o‘rta va yirik biznes vakillari.
Qatnashchilar asosiy trendlar, eng yaxshi amaliyotlar va mamlakatda islomiy banking rivojlanishi istiqbollari, shuningdek uning moliyaviy tarmoq transformatsiyasidagi rolini muhokama qilishi ko‘zda tutilgan.
Dasturdan:
- ü Tarmoq ekspertlari chiqishlari;
- ü Islomiy bank tizimi rivojlanishidagi xalqaro tajriba;
- ü Dolzarb masalalar bo‘yicha panel muhokamalari o‘rin olgan.
Hayot Bank faoliyati boshidan an’anaviy va islomiy moliya yechimlarini umumiy ekotizimda birlashtirgan yangi avlod banki sifatida namoyon bo‘lib kelmoqda. Bank biznes vakillari va aholi tomonidan ularning qadriyatlariga muvofiq moliyaviy vositalarga talab yuqori ekanining shohidi bo‘lmoqda.
Hayot Bank Qadriyatli yo‘nalishini rivojlantirish – bu O‘zbekistonda to‘laqonli islomiy bank tizimi shakllanishiga qaratilgan strategik qadam.
“Biz shunchaki mahsulotlarni joriy etmaymiz, biz ushbu segmentni uzoq muddatli rivojlantirish uchun tizimli asosni yaratamiz. Vazifamiz – islomiy moliyaviy yechimlarni keng doira yani tadbirkorlardan tortib xususiy shaxslargacha tushunarli va hammabop qilish”, — deydi Hayot Bank boshqaruvi raisi Odil Po‘latov.
Islomiy moliya mahsulotlaridan biznesning o‘sishida foydalanish, moliyalash manbalari diversifikatsiyalash va yangi bozorlarga chiqishga alohida e’tibor beriladi.















