Rossiya Trampning iltimosiga asosan, Ukraina energetika tizimini nişonga olişni bir neça kunga susaytirgan bölsa-da, buni aslo gumanizm deb bölmaydi: aholi turar joylari, noharbiy yölovçi avtobuslari va logistika obektlariga zarbalar davom etmoqda. Tahlilçilarga köra, bu holat – uruşning asl mantiğini oçib beradi. Muzokaralardan naf bölmayotgani esa şu mantiqdan kelib çiqadi.
Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar AQŞ prezidenti Donald Trampning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga iltimosi bilan e’lon qilingan bir neça kunlik “energetik sulh” haqida söz yuritdi.
Xayrulla Umarov: Energetika – har qanday davlat uçun iqtisodiyotning asosiy tayançi hisoblanadi. Şu sabab uruşayotgan tomonlar aynan energetika va xomaşyo ta’minoti bilan boğliq nuqtalarga zarba berişga intiladi. Bunda ikkita maqsadni ajratib körsatiş mumkin. Birinçisi, sovuq ob-havo şaroitida aholida uruşga nisbatan norozilikni kuçaytiriş va ijtimoiy vaziyatni izdan çiqariş maqsadi. Ikkinçisi esa, harbiy sanoat kompleksiga zarar yetkaziş, çunki bu kompleks katta miqdorda energiya talab qiladi. Şu sababli davlatlar öz nazarida muhim harbiy korxonalarni energetika bilan ta’minlaydigan nuqtalarga zarba berişni davom ettiraveradi.
Ukraina bugungi kunda kesişgan manfaatlar hududidan bufer hududga aylangan. Bufer hududlarda konfliktlar töxtamaydi. Kelişuv böyiça rozilik berilişi mumkin, ammo yaqin orada bu uruş töxtamaydi. Sababi Rossiya özining asosiy maqsadlariga erişişga intiladi. Ukraina esa öz hududlarini bermasligini bildirgani sabab, uruşning asosiy vazifasi va kuçlar nisbati özgarmagunça vaziyat davom etadi. Hozirça bu holatning yaqin orada özgarişi kuzatilmayapti.
Şuhrat Rasul: Tramp doimo erişgan yutuqlari va ğalabalarini sanaşni va markazda bölişni yaxşi köradi. U nafaqat yaxşi muomala qiladi, balki doimo komplimentlar aytib, xuşomad ham qiladi. Amalda esa u faqat öz manfaatlari, öz nuqtayi nazaridan harakat qiladi. Şu nuqtayi nazardan qaraganda, sulhga lozim darajada amal qilinmayotgani – Trampni diskreditatsiya qiliş maqsadida amalga oşirilgan deb hisoblaş mumkin.
1 fevralda Abu-Dabida uçraşuv bölişi kutilgan edi, biroq u 3 fevralga qoldirilmoqda. Umuman olganda, Rossiya tomoni har doim manyovr bilan, sulhni çöziş bilan şuğullanmoqda. Abu-Dabidagi navbatdagi uçraşuvlar ötkazilmasligi ham mumkin, çunki eng muhim ikki nuqtada kelişuv yöq. Bu nuqtalar – Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlari, Zaporojye AES masalasi. Qolaversa, Ukraina AQŞdan xavfsizlik kafolatlari ham talab qilyapti. Ukrainlarga köra, AQŞ bu kafolatlarni öt oçişni töxtatişdan oldin berişi kerak. Mana şu uçta masalada kelişuv bölmagani sabab, qolgan gaplar bugungi kunda umuman safsata bölib qoladi.
Suhbatni töliq YouTube platformasida tomoşa qilişingiz mumkin.











