Epşteyn dosesi. Yangi e’lon qilingan fayllarda qanday yangi gaplar bor?
|02:40 / 04.02.202638 27815 min
AQŞ Adliya vazirligi jinsiy jinoyatlar uçun sudlangan va qamoqxonada vafot etgan Jyeffri Epşteyn işi böyiça millionlab yangi hujjatlarni e’lon qildi. Bu uşbu işga aloqador barça materiallarni oçiqlaş haqidagi qonun qabul qilinganidan beri e’lon qilingan eng köp hujjat böldi.
House Oversight CommitteeHouse Oversight Committee
Ötgan hafta oxirida AQŞ Adliya vazirligi öz vaqtida badavlat va nufuzli moliyaçi bölgan, keyin esa qamoqxonada vafot etgan Jyeffri Epşteyn hujjatlarining yangi töplamini e’lon qildi. Bu Epşteyn işidagi eng katta arxiv (uç million sahifadan ortiq), şu bilan birga sönggisidir: Adliya vazirligi yangi relizlar çiqarilişi rejalaştirilmaganini ma’lum qilgan. Bu qadar köp hujjatni batafsil örganiş uçun juda köp vaqt talab etiladi. Ammo jurnalistlar allaqaçon Epşteyn fayllarida maşhur odamlardan kimlar tilga olinganini aniqlaşga ulgurdi. «Meduza» fayllarda kimlarning familiyalari çiqqanini körib çiqdi.
Jyeffri Epşteyn kim özi?
Jyeffri Epşteyn 1980-yillarda şubhali sxemalar orqali boylik orttirgan amerikalik moliyaçidir. U köplab badavlat va nufuzli tanişlarga ega edi, bunday munosabatlar uning ham mavqeyini kötarar, ham yangi daromadlar keltirardi. 1990-yillar oxiri va 2000-yillar boşlarida Epşteynning yaqin döstlari qatorida AQŞ sobiq prezidenti Bill Klinton, britaniyalik şahzoda Endryu, texnomagnat Bill Geyts, şuningdek, yirik quruvçi hamda Amerikaning bölajak prezidenti Donald Tramp kabilar bor edi.
Jyeffri Epşteyn va Gisleyn Maksvell xususiy samolyot salonida aks etgan fotosurat, FQB uşbu suratni Epşteynning villasidan topgan, surat olingan yil aniq emas
US Attorney Office / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Epşteyn yoşligidan köplab ayollar bilan yaqin munosabatlar örnatgan. U öz tanişlariga ham köngilxuşlik qiliş uçun ayollar topişda bajonidil yordam berardi. Vaqt ötib uning bu xizmati konveyerga aylanadi: Epşteyn va uning yordamçisi Gileyn Maksvell uning öziga va uning döstlari uçun yoş qizlarni (köp hollarda voyaga yetmagan qizlarni) qidirardi. Köplab qizlarga jinsiy aloqa uçun pul tölangan.
2005 yilda Epşteyn voyaga yetmagan qizlarni badnom qiliş va odam savdosida ayblanadi. U tergov organlari bilan kelişuvga boradi va atigi 13 oylik qamoq jazosi bilan qutulib qoladi. 2019 yilda uni yana xuddi şunday ayblovlar bilan qölga olişadi. Bir oy ötib Epşteyn qamoqxona kamerasida öz joniga qasd qiladi. Uning şerigi Gileyn Maksvell esa 2022 yilda 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Sud qaroriga köra, u Epşteyn va uning atrofidagilar uçun topib kelgan aksar qizlar 14 yoşda bölgan.
Mavzuga oid
Epşteynning ölimidan keyin unda «mijozlar röyxati» bölgani va u şu röyxatdagilar buyurtmasi bilan öldirilgani haqida nazariya paydo bölgan. Xususan, Donald Tramp şunday nazariyani ilgari surgan – bu vaqtga kelib köçmas mulk mojarosi tufayli ularning orasi buzilgandi. Tramp bu orqali Klintonlar oilasini yomonotliq qilişga uringandi, ammo yakunda uning özi pand yedi: 2025 yilda, prezidentlikka qayta saylanganida, u «mijozlar röyxati» bölmaganini tan oladi va Epşteynning ölimida jinoiy alomatlar yöqligini aytadi. Bu esa Trampning lageridagilarning ğazabini keltiradi. Yakunda Tramp 2025 yil noyabrida Epşteyn jinoiy işi böyiça barça materiallarni oçiqlaş haqidagi qonunni imzolaşiga töğri keladi.
Oldinroq e’lon qilingan «Epşteyn dose»sidagi fotosuratlar. Ularda AQŞ sobiq prezidenti Bill Klinton, qöşiqçi Mik Jagger, biznesmen Riçard Brenson, şuningdek Epşteynning özi va uning şerigi Gileyn Maksvell aks etgan
Mandel Ngan / AFP / Scanpix / LETA
Sönggi kunlarda nimalar böldi?
30 yanvar kuni AQŞ Adliya vazirligi Jyeffri Epşteyn işi böyiça yangi fayllarni e’lon qildi. Bu fayllar Epşteyn va uning jinoiy şerigi Gilen Maksvell bilan boğliq jinoiy işlarni tergov qiliş jarayonida töplangan 3 million sahifalik matnlar, 180 mingta fotosurat va 2 mingta videoyozuvlarni öz içiga oladi. Bu moliyaçiga aloqador fayllarning eng yirik naşri va aftidan, oxirgisi böldi. AQŞ Adliya vazirligi şu bilan 2025 yil noyabrida Epşteyn hujjatlarini e’lon qiliş töğrisida qabul qilingan qonun böyiça öz majburiyatlarini bajargan deb hisoblaşini ma’lum qilgan.
Vazirlik jami (oxirgi reliz bilan qöşib hisoblaganda) moliyaçi arxividagi 6 million sahifadan 3,5 million sahifa oçiqlanganini ma’lum qilgan. Idora versiyasiga köra, qolgan hujjatlar turli sabablarga köra, jumladan, Epştey va Maksvellning harakatlaridan jabrlanganlarni himoya qiliş zarurati tufayli oşkor etilmaydi. Şu bilan birga, Kongressdagi demokratlar bir vaqtlar özi Epşteyn bilan döst bölgan Donald Trampning ma’muriyati masalaga vijdonan yondaşayotganiga şubha bilan qaramoqda va hujjatlarning töliq arxivi oşkor etilişiga erişmoqçi.
Ötgan bir neça kun içida jurnalistlar Epşteyn fayllarining yangi qismini örganişni boşladi. Ular birinçi navbatda taniqli nomlarni qidirişga e’tibor qaratmoqda – Epşteyn yaxşi aloqalarga ega va ulardan keng foydalangan. U köplab nufuzli kişilar bilan töğridan töğri muloqot qilgan, şu bilan birga, yozişmalarda boşqalarning nomlarini ham tilga olgan.
Epşteynning yangi fayllarida kimlarning nomlari bor?
Donald Tramp, AQŞ prezidenti
Epşteynning sönggi elektron xatlari partiyasida Trampning familiyasi keltirilgan beş mingdan ortiq fayl bor. Ammo bu töğridan töğri yozişmalar emas, balki şunçaki uning nomi eslab ötilgan, köp holatlarda Epşteynning xatlarida ham emas, balki u havola keltirgan gazetalarning maqolalarida. Bundan taşqari, arxivda 2025 yilda FQB tomonidan Tramp hamda AQŞning sobiq prezidenti Bill Klintonga nisbatan tuzilgan jinsiy zöravonlik ayblovlari röyxati ham bor. Aftidan, bu tasdiqlanmagan ayblovlardir. Tramp ham, Klinton ham Epşteyning davrasida bölgan, ammo uning jinoyatlaridan xabardor bölganini rad etişgan.
Ilon Mask, dunyoning eng badavlat odami
Mask Epşteyn bilan 2010-yillarning birinçi yarmida yozişmalar olib borgan. Ular Epşteynning Karib dengizidagi şaxsiy orolida uyuştirilgan ziyofatlarni ham muhokama qilişgan. Avvalroq Mask Epşteyn uni öz oroliga olib kelişga «behuda uringani» haqida aytgandi, ammo e’lon qilingan xatlar Maskning özi ham uşbu orolga borişga qarşi bölmaganini körsatadi. 2012 yil oxirida yuborilgan xatda u Epşteyndan «orolimizdagi eng yovvoyi ziyofat qaçonga rejalaştirilgan» deb söragan va öşa vaqtdagi rafiqasi Talula Rayli bilan bormoqçiligini aytgan. Ammo maktubdan bu reja amalga oşgan-oşmaganini bilib bölmaydi.
Endryu, Britaniya qiroli Çarlz III’ning ukasi
Endryu va Epşteyn örtasidagi döstlik haqida azaldan ma’lum. Endryu Epşteyn jinsiy jinoyatçi sifatida sudlanganida ham unga sodiq qolgandi. Moliyaçi qamoqda vafot etganidan keyin esa Endryu uning xizmatlaridan foydalanib kelgani ma’lum böladi: Epşteynga qarşi ayblov bildirganlardan eng maşhuri bölgan Virjiniya Juffre 2001 yilda Epşteyn uni şahzoda Endryu bilan taniştirganida va u bilan jinsiy aloqa uçun pul tölaganida 17 yoşda bölganini aytgan (u 2025 yilda öz joniga qasd qilgan).
Epşteynning yangi e’lon qilingan xatlaridan biliş mumkinki, Juffre şahzoda bilan jinsiy aloqaga majburlangan yagona ayol bölmagan: 2010 yilda Epşteyn Endryuga 26 yoşli rus qiz bilan tanişişni taklif etgan, u bu ayolni gözal, aqlli va «işonçli» deb ta’riflagan, Endryu esa bunga qiziqiş bildirgan va tanişişdan xursand bölişini aytgan. Bundan taşqari, Epşteyn arxivida Endryuning polda çalqança yotgan qandaydir ayol yonida tizzalab turgani aks etgan fotosuratlari topilgan. Bu tasvirlar qaçon va qayerda, qanday şaroitda olingani ma’lum emas.
Jon Elswick / AP / Scanpix / LETA
Bill Geyts, Microsoft asosçisi va milliarder
Epşteyn Geyts bilan taniş bölgani ham oldindan ma’lum edi. OAVda ularning aloqalari Bill va Melinda Geytsning ajralişiga ham sabab bölgani haqida xabarlar tarqalgan. Epşteynning poçtasida 2013 yil iyulida yozilgan ikkita xat bor, Epşteyn ularni Geytsga yuborgan, ammo keyin öziga qayta yönaltirgan (Geyts ularni oçib öqigani ma’lum emas). Bu xatlarda Epşteyn özaro döst bölişganida unga barça intim masalalarda yordam bergani – hatto «rus qizlar bilan jinsiy aloqa» oqibatida orttirilgan kasallikdan tuzaliş uçun dorilar topib bergani, lekin Geyts endi öz obrösini saqlab qoliş uçun u bilan hamkorlik qilmaslikka va gaplaşmaslikka qaror qilganidan noliydi. Geyts esa xatlardagi gaplar yolğonligini aytgan.
Mette-Marit, Norvegiya valiahd malikasi
Kamida 2011-2014 yillarda olib borilgan döstona yozişmalarda Norvegiya valiahd şahzodasining rafiqasi Mette-Marit Epşteynni «maftunkor» va «yoqimtoy» deb atab, Parij «xiyonat qiliş uçun mos joy ekani»ni aytib hazillaşgan hamda ona uçun 15 yoşli öğliga ekranga zastavka sifatida syorfing taxtasini kötarib turgan ikki yalanğoç ayol aks etgan suratni taklif qiliş qançalik örinli bölişi haqida söragan. Epşteyn bilan aloqalarini 2013 yilda uzgan Mette-Marit bu aloqalarni «şarmandalik» deb atagan.
Riçard Brenson, Virgin Group asosçisi va milliarder
Yangi hujjatlarga köra, britaniyalik tadbirkor Riçard Brenson Epşteynni öz orolida qabul qilgan. 2013 yil sentabrida yozilgan xatda Brenson Epşteynga taşrif uçun minnatdorçilik bildiradi va yana kelişga taklif qiladi: «Agar bizning ölkalarda bölsangiz, sizni körişdan xursand bölamiz. Asosiysi, haramingizni olib keling». Virgin Group «haram» sözi yuzasidan izoh berib, Brenson va Epşteynning uçraşuvi iş yuzasidan bölganini, moliyaçi bu yerga uç nafar «baloğat yoşidagi ayollar» bilan kelgan bölsa-da, ulardan heç biri uçraşuvda iştirok etmaganini ma’lum qilgan.
Brett Rattner, kinorejissyor
«Tiğiz soat» («Ças pik») komediyasi rejissyori, 2017 yilda xarassment böyiça ayblovlardan keyin ğoyib bölgan va yaqinda Melaniya Tramp haqidagi hujjatli film bilan qaytgan Rattner – Epşteynning Nyu Yorkdagi uyida olingan suratda köringan. Sanasi körsatilmagan suratda Rattner va Epşteyn divanda ikki ayol bilan ötirgani aks etgan. Holbuki uç yil muqaddam rejissyor heç qaçon Epşteyn bilan uçraşmaganini aytgandi. Endi esa u izoh berişdan boş tortmoqda.
Hovard Lyutnik, AQŞ savdo vaziri
Ötgan yili, Epşteynning fayllari bilan boğliq mojaro fonida, Lyutnik Nyu Yorkda u bilan qöşni bölib yaşaganini, 2005 yilda bir marta uning uyiga mehmonga borganini, lekin uy örtasida massaj stolini körib, endi heç qaçon «bu jirkanç odam bilan bir xonada» bölmaslikka qaror qilganini aytgandi. Biroq, yangi e’lon qilingan hujjatlar Lyutnik yolğon gapirganini körsatadi: 2012 yilda u Epşteyn bilan elektron poçta orqali yozişmasida rafiqasi va farzandlari bilan Rojdestvo arafasida uning şaxsiy oroliga borişga haqida gaplaşgan.
Rossiyadan kimlar bor?
Vladimir Putin, Rossiya prezidenti
Putinning familiyasi Epşteynning e’lon qilingan yangi hujjatlari töplamida mingdan ortiq faylda uçraydi. Turli odamlar bilan yozişmalarda moliyaçi Rossiya prezidenti bilan ehtimoliy uçraşuvni muhokama qilgan va hatto uning 2013 yilda körişiş taklifini rad etganini, çunki unga şartlar töğri kelmaganini aytgan. Ammo arxiv Epşteyn haqiqatan ham Putin bilan uçraşganini isbotlamaydi. Şu bilan birga, arxivda FQBning 2017 yilgi hisoboti mavjud bölib, unda Epşteyn Putinning yaşirin aktivlarini boşqarişga aloqadorligini da’vo qilgan manbaning sözlari keltirilgan. The Daily Mail tabloidi manbalari esa Epşteyn Rossiya hukumati manfaatlari yölida josuslik qilganini ham taxmin qiladi.
Ilya Ponomaryov, rossiyalik muxolifatçi
Vençur investor, Geytsning sobiq maslahatçisi hamda Epşteyn vasiyati ijroçisi Boris Nikoliç 2012 yil yanvarida moliyaçiga öşa vaqtda Rossiya davlat dumasi deputati bölgan Ilya Ponomaryovning siyosiy faoliyati haqida yozadi. Nikoliç Ponomaryovni öşanda bölib ötgan «botqoq namoyişlari»ning asosiy taşkilotçilaridan biri va «Putinning örniga kelişi mumkin bölgan şaxs» deb atagan. Nikoliç Epşteynni «agar öldirib yuborilmasa», Ponomaryov ertami-keçmi, Rossiya prezidenti bölişiga işontirgan.
Vitaliy Çurkin, rossiyalik diplomat
Çurkin 2006 yildan 2017 yilda vafot etgunigaça Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili bölgan. U 2016 yilda Epşteyn bilan yozişmalar olib borgan. Ularning suhbatidan ma’lum bölişiça, Epşteyn rossiyalik amaldorning öğli Maksimga işga joylaşişda yordam bergan. «Maks muvaffaqiyat qozonmoqda. U şunçaki Amerikaning işbilarmonlik odatlarini tuşunib olişi kerak edi», – degan Epşteyn. «Sen ajoyib öqituvçisan!» – deb javob beradi unga Çurkin.
Bu arxivdagi odamlar haqida yana nimalarni biliş muhim?
Unda Rossiyadan bölgan qizlar bir neça bor tilga olinadi: Samara va Saratov, Nijniy Novgorod, Omsk va Çelyabinsk oblastidan. Ulardan biri 2010 yilda AQŞdan Rossiyaga London orqali uçib ketayotganida şahzoda Endryu bilan uçraşgan bölişi mumkin. Bundan taşqari, Epşteynning 2018 yilgi yozişmalarida Krasnodardagi Shtorm model agentligi va uning Raya ismli modellaridan biri ham uçraydi. Shtorm asosçisi Dana Borisenko Epşteyn bilan heç qanday aloqasi yöqligini va uning agentligi heç qaçon heç kimni AQŞga işga yubormaganini aytib çiqdi.
Epşteynning şarqiy yevropalik ayollarga bölgan qiziqişini Amerikaning «Nyu-York Jayyens» futbol jamoasi egalaridan biri bölgan Stiv Tiş bilan yozişmalari ham tasdiqlaydi. 2013 yilda ular Tiş Epşteyn orqali tanişgan ukrainalik va rossiyalik qizlarni muhokama qilişgan.
The Wall Street Journal Epşteynning yangi fayllarida Epşteyn qurbonlaridan kamida 43 nafarining ism-şariflari oçiq körsatilgani, ulardan yigirmadan ortiği jinoyat sodir etilgan paytda voyaga yetmagan bölganini yozib çiqdi (AQŞ Adliya vazirligi ularni naşr etişdan oldin tekşirişi kerak edi). Bundan taşqari, ba’zi nomlar fayllarda 100 martadan köproq uçraydi. Epşteyn qurbonlari manfaatlarini himoya qiluvçi advokatlar Bred Edvards va Brittani Hendersonning ta’kidlaşiça, ular ma’lumotlar e’lon qilinişidan oldin maxfiylaştirilişini ta’minlaş uçun 350 nafar jabrlanuvçining röyxatini Adliya vazirligiga oldindan yuborgandi. Idora ismlar yaşirilgan yoki yaşirilmaganini nima uçun tekşirmagani noma’lum.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi