Toşkentda GCI Gemological Centers Uzbekistan gemmologiya markazining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Uşbu markaz 2025 yil avgust oyida Tel-Aviv şahrida GCI Gemological Centers Ltd. va Özbekistonning Expert One MÇJ örtasida tuzilgan şartnoma asosida, mamlakatning Isroildagi elçixonasi kömagida taşkil etildi.
GCI Gemological Centers Ltd. boş ofisi Tel-Avivda joylaşgan bölib, qimmatbaho toşlarni ekspertizadan ötkaziş, baholaş va sertifikatlaş böyiça xalqaro miqyosda tan olingan xizmatlarni taqdim etadi. Kompaniya şuningdek, gemmologiya sohasida professional mutaxassislar tayyorlaydi.

Toşkent filialining oçiliş marosimida Isroil elçisi Gideon Lustig, New Uzbekistan Uzbekistan–Israel Trade and Investment House prezidenti Nargiza Qodirova hamda kompaniya rasmiy vakillari iştirok etdi.
Isroillik vakillar ta’kidlaşiça, markazning oçilişi Özbekistonda zargarlik sohasida amalga oşirilgan keng kölamli islohotlar samarasidir. Qimmatbaho metallar va toşlar bozorini liberallaştiriş, xalqaro standartlarni joriy etiş va xususiy sektorni qöllab-quvvatlaş mamlakatni sohaning yetakçi global iştirokçilari uçun jozibador hamkorga aylantirmoqda.

Toşkentdagi yangi markaz kompleks gemologik tadqiqotlar ötkaziş, xalqaro GCI sertifikatlarini beriş va zargarlik sanoati mutaxassislari uçun ta’lim dasturlarini amalga oşiradi. U kompaniyaning Markaziy Osiyodagi birinçi va dunyodagi uçinçi filialiga aylandi.












