Donald Tramp qat’iy ritorikasi va mintaqaga harbiy kontingent jamlab qöyganiga qaramay, Eronni öz şartlariga köndira olmayapti. Xöş, xuddi Iroq, Afğoniston yoki Venesuelada bölgani kabi Eronda ham hokimiyatni ağdarişga urinişdan Vaşingtonni nima tiyib turibdi? Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar Islomxon Gaffarov va Kamoliddin Rabbimov şu haqda söz yuritdi.
— Epşteyn işi bilan boğliq şov-şuv fonida, Tramp Eronga zarba berişi mumkinmi?
Islomxon Gaffarov: Sönggi paytlarda ommaviy axborot vositalarida yoritilayotgan voqealar şuni körsatadiki, Amerika Qöşma Ştatlari tomonidan Eronga nisbatan bosim sezilarli darajada kuçaymoqda. Epşteyn işi kabi içki va taşqi siyosiy omillar esa AQŞ taşqi siyosatining diqqat markazini boşqa yönalişga burib yuborişi mumkin. Donald Trampning Eronga munosabati ma’lum, u Şimoliy Koreya yetakçisi, Vladimir Putin kabi avtoritar rahbarlar bilan kelişuvga borişga tayyor, lekin Eron masalasida doim qat’iy pozitsiyada turgan. Uning birinçi prezidentlik davrida Qosim Sulaymoniyning yöq qilinişi ham Tramp administratsiyasining Eronga nisbatan keskin munosabatini yaqqol körsatgan edi.
Hozirgi vaziyat ma’lum ma’noda AQŞning 1990-yillardagi Iroqqa nisbatan siyosatini eslatadi. Qöşma Ştatlar 2003 yilda Iroqqa tösatdan bostirib kirmagan, balki 1991 yilgi Kuvayt uruşidan söng ön yildan ortiq vaqt davomida Iroqni “xavf manbayi” sifatida bosqiçma-bosqiç namoyon qilib borgan. Oxir-oqibat bu jarayon Saddam Husayn rejimining qulaşiga olib kelgan. Bugungi kunda Eron masalasi ham uzoq vaqtdan beri sekin-asta kun tartibiga çiqarilib, şu kabi ssenariy tomon harakatlanayotgandek taassurot uyğotmoqda.
Bundan taşqari, ötgan yil yozida Eronda amalga oşirilgan, Isroil maxsus xizmati Mossad bilan boğlangan operatsiyalar mamlakatning xalqaro maydondagi imijiga jiddiy putur yetkazdi. Ayrim elita va ziyolilar yöq qilingani Eron davlatçiligining ma’lum darajada mört ekanini ham körsatdi. Şu fonda AQŞ harbiy bosimga tayyor turgandek körinmoqda. Biroq muhim jihat şundaki, Eron Iroq ham, Afğoniston ham emas.
Iroq etnik va konfessional jihatdan parçalangan, qisqa muddatda izdan çiqqan edi. Afğonistonda esa puştunlar asosidagi “Tolibon” harakati milliy birdamlikni şakllantirib, oxir-oqibat AQŞni mamlakatdan siqib çiqardi. Eron – millat sifatida şakllangan, davlat institutlari va tarixiy özligiga ega, nisbatan mustahkam davlat hisoblanadi. Eron qisqa muddatda taslim böladigan davlat emas. Bunday uruş uzoq davom etişi mumkin va Vaşington buni yaxşi tuşunadi. AQŞning sönggi milliy xavfsizlik va milliy mudofaa strategiyalarida ham taşqi mojarolarga kamroq aralaşiş, resurslarni asosan içki farovonlik va Ğarbiy yarimşar manfaatlariga yönaltiriş ustuvorligi qayd etilgan.











