Angliya ligasi kubogi, yarimfinal, javob uçraşuvi
«Mançester Siti» – «Nyukasl Yunayted» 3:1
Gollar: Marmuş, 7 (1:0). Marmuş, 29 (2:0). Reynders, 32 (3:0). Elanga, 62 (3:1)
«Mançester Siti»: Trafford, Ake (Alleyn, 46), Husanov, ÖRayli (Rodri, 71), Mateus Nunes, Gonsales (Lyuis, 83), Reynders, Foden (Şerki, 72), Ayt Nuri, Semenyo (Holand, 71), Marmuş
«Nyukasl Yunayted»: Ramsdeyl, Botman, Byorn, Tiau, Tonali, Remsi, Holl (Vissa, 46), Trippiyer (Osula, 76), Uillok (Elanga, 46), Gordon (Barns, 44), Voltemade (Myorfi, 46)
Ogohlantirişlar: Mateus Nunes, 27. Gonsales, 78. Rodri, 90
(Birinçi öyin 2:0)
Angliya ligasi yarimfinalining «Sent-Jyeyms Park»da keçgan birinçi öyinida «Mançester Siti» javobsiz ikki gol urgandi va bu javob uçraşuvida mezbonlarning bosimsiz harakat qilişini ta’minladi.
Birinçi öyindagidan farqli ölaroq, «Mançester Siti» hujum çiziğida bu safar Holand emas, Marmuş ilk daqiqalardan harakat qildi. Gvardiolaning bu qarori töğri bölib çiqdi – misrlik hujumçi yarim soat içida dublni rasmiylaştirdi.
«Nyukasl» gol uriş uçun oldinga borişi va hujum qilişi talab etilardi. Mezbonlar töpga egalik qilişdi va kombinatsiyalar uyuştirişdi, mehmonlar esa örta blokda pressing qilişga va qarşi hujumlarga ötişga harakat qildi. Ammo yettinçi daqiqadayoq «Mançester Siti» şu kuni beş himoyaçi bilan tuşgan «qarğalar» mudofaasini yorib ötdi – Marmuş Reynders bilan devor uslubida öynab, jarima maydoniga kirib bordi va zarba beriş pozitsiyasida paydo böldi. Mehmonlar himoyaçisi Byorn podkat bilan töpga ulgurdi, ammo töpni uzoqlaştira olmadi va töp misrlik hujumçi orqali baribir darvoza töriga borib tuşdi.
Gvardiola jamoasi tezroq, bir maromda va kreativroq harakat qildi. Jamoalar darajasidagi farq yaqqol közga taşlanardi. «Nyukasl» ikkita öta xavfli vaziyatdan foydalana olmadi. Birinçi vaziyatda «Mançester Siti» futbolçilarining muvaffaqiyatsiz pressingi Uillok darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib borişiga olib keldi, ammo Trafford maydon egalarini muqarrar goldan qutqarib qoldi. Mehmonlar havbek darvozabonni aldab ötişga qaror qilgandi, ammo töpni oldirib qöydi. Keyin esa mehmonlar Ramsdeylning uzun uzatmasidan keyin ikkinçi qavatdagi kuraşda töpni yutib olişdi va Gordon yakkama-yakka vaziyatga çiqib bordi. Bu vaziyatda ham Donnarummaning örinbosari ajoyib seyv ijro etdi.
Şundan keyin öyin faqat bir darvoza tomonga keça boşladi – Gvardiola jamoasi ketma-ket vaziyatlar yaratdi. Öyinning yarim soati ortda qolayotganida Trafford boşlab bergan hujum Marmuşning ikkinçi goli bilan yakunlandi. Hujum davomida Reynders töpni raqib jarima maydoniga qadar olib bordi va Semenyoga pas berdi, vinger esa darvozabon hududida oçilayotgan misrlik jamoadoşiga töp uzatdi. Trippiyer töp yölini tösişga harakat qildi, ammo buni yaxşi uddalay olmadi. Töp uning oyoğidan havoga kötarildi va Marmuş turgan joyga kelib tuşdi, u esa osonlik bilan darvozani işğol etdi.












