2023 yil boşidan buyon Xitoydagi 30 nafar yuqori martabali general va admirallardan faqat yetti nafari öz lavozimini saqlab qolgan, boşqalari esa yoki iste’foga çiqarilgan, yoki «ğoyib bölgan», deya hisoblab çiqdi The New York Times naşri Xitoy davlat naşrlarida çiqqan xabarlar hamda rasmiy bayonotlarga asoslanib.
Gazeta XXR raisi Si Jinping tomonidan Xitoy qurolli kuçlari rahbariyatida ötkazilgan tozalaşni mamlakatning yangi tarixida misli körilmagan darajada deb baholagan.
Bu böyiça sönggi epizod Si Jinpingning Markaziy harbiy kengaşdagi (mamlakat qurolli kuçlarini boşqaruvçi tuzilma) birinçi örinbosari Jang Yusya, şuningdek, Markaziy harbiy komissiya qöşma ştabi boşliği, general Lyu Jenliga nisbatan tekşiruv boşlanişi böldi. Ular rasmiy ravişda «intizom va qonunning jiddiy buzilişi»da gumonlanmoqda.
BBC qayd etişiça, odatda tarkibi yetti kişidan iborat böladigan Markaziy harbiy kengaşda endi ikki kişi qolgan – Si Jinpingning özi va general Jan Şenmin. Qolganlarning barçasi oldinroq korrupsiyaga qarşi kuraşiş kampaniyasi doirasida işdan olingan. Jan Şenmin endi siyosiy intizom va sodiqlikni ta’minlaşga mas’ul böladi, deya yozadi NYT. U öz karerasining katta qismini korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça zobit sifatida ötkazgan. 2025 yilda Si Jinping uni Markaziy harbiy komissiya raisi örinbosari lavozimiga kötargandi.
Bu iste’folar Xitoydagi deyarli barça turdagi qöşinlarga, jumladan, raketa qöşinlari va harbiy-dengiz flotiga ham ta’sir körsatdi, deyiladi The New York Times maqolasida. Jang Yusya va Lyu Jenli işdan olinişi qöşinlarni harbiy harakatlarga tayyorlovçi harbiy komissiyani boşsiz qoldirdi. NYT baholariga köra, endi yirik harbiy amaliyotlarni amaliy rejalaştirişda nisbatan past lavozimlardagi zobitlar iştirok etmoqda, bu esa Si Jinpingning Xitoy armiyasining jangovar tayyorligiga bölgan işonçini yöqqa çiqarişi mumkin. Bu qadar keng kölamli tozalaşlar mamlakat harbiy rahbariyatida vakuum hosil qildi, deya xulosa qiladi naşr.
Şu bilan birga, The Wall Street Journal naşrining 31 yanvardagi materialida yuqori martabali generallarning yoppasiga işdan olinişi Si Jinpingga Xitoy armiyasi ustidan nazoratni töliq öz qölida töplaşga imkon berişi, bu esa, öz navbatida Tayvanga ehtimoliy bosqinni tezlaştirişi qayd etilgan.
Versiyalardan biriga köra, Si Jinping va Jan Yusya örtasida Xitoy armiyasining bosqinga tayyor bölişi muddati böyiça kelişmovçilik mavjud edi. XXR raisi buning uçun 2027 yilgaça muhlat bergan, general esa ança köproq vaqt söragan – 2035 yilgaça.
Amerikalik amaldagi va sobiq mulozimlar The New York Times bilan suhbatda qayd etişiça, uşbu mamlakat harbiy rahbariyatidagi tozalaşlar sababi hozirça noma’lum – Si Jinping paranoyyaga tuşib qolganmi, «real siyosiy çaqiriq»dan himoyalanmoqdami yoki armiyadagi korrupsiyaga qarşi kuraşmoqdami. Şu bilan birga, AQŞ razvedkasi tahlilçilari sönggi yillarda XXR raisida paranoyyaning kuçli alomatlari paydo bölgani haqida xulosaga kelgan.












