Prezident Şavkat Mirziyoyev va Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif 5 fevral kuni Islomobod şahrida bölib ötgan Strategik hamkorlik kengaşining birinçi yiğilişi yakunlari böyiça ommaviy axborot vositalari vakillari uçun bayonot berdi.
Özbekiston yetakçisi sözining avvalida Pokistonga davlat taşrifi bilan keliş taklifi va ötkazilgan samarali muzokaralar uçun uşbu mamlakat hukumati rahbariga minnatdorlik bildirdi. Jadal rivojlanayotgan Pokiston Özbekistonning işonçli strategik şerigi ekanligi alohida ta’kidlandi. Pokiston boş vaziri rahbarligida xalq farovonligini oşiriş, iqtisodiy ösişni jadallaştiriş va mamlakatning xalqaro mavqeini mustahkamlaş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar Özbekistonni xursand qilayotgani aytildi.
Şuningdek, uşbu taşrif Özbekiston – Pokiston strategik şeriklik munosabatlari örnatilganining beş yilligida ötkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Sönggi beş yilda özaro savdo 2,5 baravarga, qöşma korxonalar va loyihalar soni esa qariyb 3 baravarga oşdi. Yaqin kelajakda savdo aylanmasini 2 milliard dollarga yetkaziş maqsad qilib qöyildi. 3,5 milliard dollarlik istiqbolli savdo va investitsiya bitimlarining portfeli şakllantirildi.

Muzokaralar yakunida Qöşma deklaratsiya va hamkorlikning ustuvor yönalişlari böyiça 30 ga yaqin muhim hujjat imzolandi.
Mintaqaviy hamkorlikni izçil rivojlantiriş orqali Markaziy va Janubiy Osiyoning özaro boğliqligini birgalikda mustahkamlaşga intiliş qat’iy ekani bildirildi. Xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar doirasida özaro qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga tayyorlik qayd etildi.
Özbekiston prezidenti Pokistonning mamlakatimizning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişini faol qöllab-quvvatlagani uçun minnatdorlik bildirdi. Pokistonning 2025-2026 yillarda BMT Xavfsizlik Kengaşining muvaqqat a’zosi sifatida tinçlik va xalqaro barqarorlikni ta’minlaş borasidagi sa’y-harakatlariga yuqori baho berildi.
Farmatsevtika, töqimaçilik, elektrotexnika, toğ-kon va oziq-ovqat sanoati, qişloq xöjaligi sohalarida hamkorlikni kengaytiriş böyiça kelişuvga erişildi. Transport va logistika aloqalarini rivojlantiriş hamda biznes uçun qulay şaroitlar yaratişga alohida e’tibor qaratildi.













