Ikki nafar yuqori martabali harbiyning birdan lavozimdan olinişi Pekindagi hokimiyat koridorlarida jiddiy burilişlar ketayotganini körsatadi. Xitoy yopiq davlat bölgani uçun aniq ma’lumot deyarli yöq, asosan taxminlar mavjud. Xöş, qanday taxminlar? Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida şu haqda söz bordi.
— Xitoydagi generallar almaşinuvi nimadan darak?
Anvar Yöldoşev: Xitoyda qurolli kuçlarni bevosita Mudofaa vazirligi boşqarmaydi. Armiyani Kommunistik partiyaning Markaziy harbiy kengaşi nazorat qiladi. Bu kengaşga Si Jinping rahbarlik qiladi. Uning muovini – Jang Yusya yaqinda hibsga olindi. U 75 yoşda bölib, tajribali general, Si Jinpinning eng yaqin va işonçli hamkorlaridan biri hisoblanardi.
Bir yil avval, undan oldingi muovin korrupsiyada ayblanib hibsga olingan edi. Manbalarga köra, 2023 yildan buyon 30 nafar yuqori martabali generaldan atigi 7 nafari öz lavozimini saqlab qolgan.
Jang Yusya bilan bir vaqtda, Birlaşgan ştab boşliği Liu Jenli ham qölga olingan. Şunday qilib, ikki nafar nihoyatda yuqori lavozimdagi harbiy şaxs hibsga olindi.
Avvalgi holatlarda odatda korrupsiya ayblovlari ilgari surilgan bölsa, bu safar ularni AQŞga Xitoyning yadro dasturiga oid ma’lumotlarni sotganlikda ayblaşayotgani haqida taxminlar bor. Haqiqatan ham şunday ayblov qöyilayotgani aniq emas, bu – tasdiqlanmagan ma’lumot.
Ayrim ommaviy axborot vositalarida bu şaxslar Xitoy rahbariyatiga qarşi davlat töntaruvini tayyorlagan, degan taxminlar ham ilgari surilyapti. Aytilişiça, töntaruvga oz vaqt qolganda bu reja Xitoy rahbariyatiga ma’lum bölgan va natijada ular hibsga olingan.
Xitoy bugungi kunda dunyodagi eng yirik avtoritar davlatlardan biri sifatida köriladi. Uni köpinça kuçli, tez rivojlanayotgan va qudratli davlat sifatida ta’riflaymiz. Biroq şunga qaramay, mamlakat içida rahbariyatdan norozi kuçlar mavjud.
Hozirda bu şaxslar lavozimidan olinib, ularning ortidan yana 20 nafardan ortiq yuqori lavozimli harbiylar ham işdan çetlatilgan va hibsga olingan. Ular böyiça tergov işlari davom etmoqda.
Kamoliddin Rabbimov: Bu mavzuda asosan miş-mişlar mavjud, aniq faktlar yöq va ehtimol bölmaydi ham. Buning sababi şundaki, Xitoy bu borada rasmiy bayonot bermaydi, ayblovlarni tasdiqlovçi mustaqil institutlar yoki şaxslar ham mavjud emas. Xitoyning öta yopiq davlat ekanini şu holat tasdiqlaydi. Ammo aniq fakt şuki, Si Jinping ikki nafar eng yuqori martabali harbiy generallarni kutilmaganda, bir kunning özida lavozimidan ozod qildi.
Asosan ikki asosiy versiya mavjud. Birinçi versiyaga köra, Si Jinping ehtimol AQŞ bilan, xususan Tayvan masalasi sababli yuz berişi mumkin bölgan ehtimoliy uruş oldidan öz atrofini tozalamoqda. Ya’ni, nisbatan mustaqil fikrlovçi yoki uruşga u yoki bu şaklda qarşi bölgan şaxslarni çetlaştirib, ularning örniga öziga sodiq kadrlarni joylaştirmoqçi. Ikkinçi versiyaga köra, Si Jinping harbiylar içida hokimiyat vertikalini yanada kuçaytirmoqda.
Şu bilan birga, yana bir ehtimoliy talqin ham bor: ayrim generallar Si Jinpinni hokimiyatdan ağdarişga uringan bölişi mumkin. Bu borada savollar tuğiladi: agar şunday reja bölgan bölsa, nega ular öz oilalarini oldindan mamlakatdan çiqarib yubormagan yoki yaqinlarining xavfsizligini ta’minlamagan? Ekspertlar bu savolga şunday javob berişadi: agar oilada ğayrioddiy harakatlar, masalan, bir yoki ikki kişi mamlakatdan çiqib ketsa, bu darhol signal bölib xizmat qilgan bölardi, ya’ni “nimadir rejalaştirilmoqda” degan şubha paydo bölardi. Şu ma’noda, deyarli har bir savolga mantiqiy javob topiş mumkin.
Şu bilan birga, haqiqat şuki, Xitoyda hozir qandaydir jiddiy jarayonlar ketmoqda.
Bu jarayonlar Si Jinpinning özi boşlagan loyiha bölişi ham mumkin, yoki işdan olingan generallarning taşabbusi bölişi ham ehtimoldan xoli emas. Qaysi biri haqiqatga yaqin ekanini biz faqat vaqt ötib, balki oylar, balki yillar ötgaç bilişimiz mumkin. Odatda bunday masalalar hokimiyat almaşgaç oçiqlanadi. Ammo hozirça bitta narsa aniq: köpçilik körib va tuşunib turganidek, yaqin yillarda AQŞ va Xitoy örtasida Tayvan masalasi sababli jiddiy töqnaşuv ehtimoli mavjud.
Suhbatni töliq YouTube platformasida tomoşa qilişingiz mumkin.












