7 fevral kuni soat 23:19 da Toşkent viloyati Angren şahridagi köp qavatli uylarning birida yonğin kelib çiqdi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Yonğin oqibatida bir kişi halok böldi.
Qayd etilişiça, Dukent qörğoni «Uluğbek» MFYda joylaşgan 4 qavatli binolar birining tom qismi yonayotgani töğrisida Toşkent viloyati FVBBga xabar qilingan. Şunga köra, qutqaruv ekipajlari soat 23:30 da voqea joyiga yetib borib, binodan fuqarolarni evakuatsiya qilgan.
Yonğin soat 23:57 da qurşab olinib, soat 00:50 da töliq bartaraf etilgan. Hodisa sodir bölgan joyga favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikromov ham yetib borgan.
«Daryo» manbasi xabar berişiça, hodisa oqibatida bir kişi jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.












