Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston eksportida Rossiya va Xitoy yetakchi bozorlar bo‘ldi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 33,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga yuqori bo‘lgan.
Eksport geografiyasida eng katta ulush Rossiya va Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi. Xususan, Rossiyaga eksport hajmi 4,3 mlrd dollar, Xitoyga esa 2,5 mlrd dollarni tashkil etgan.
Shuningdek, yuqori o‘rinlarda Qozog‘iston va Afg‘oniston (har biri 1,5 mlrd dollar), Turkiya (1,1 mlrd dollar) qayd etilgan. Qolgan top-10 davlatlar qatorida Fransiya (872,2 mln dollar), Qirg‘iziston (771,1 mln dollar), BAA (720,7 mln dollar), Tojikiston (683,1 mln dollar) hamda Pokiston (325 mln dollar) joy olgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, eksport hajmining o‘sishi tashqi bozorlarda talabning oshishi, mahsulot turlari diversifikatsiyasi va savdo aloqalarining kengayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Raqamlar yaxlitlangan.
Mavzuga oid
09:31 / 16.05.2026
O‘zbekistonda ayollarga nisbatan erkaklar soni ko‘proq - statistika
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
16:59 / 24.04.2026