Avto | 10:19 / 09.02.2026
1464
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda avtomobilsozlik bo‘yicha o‘quv-trening markazi tashkil etiladi

Guliston davlat universiteti rektori Muhsin Hojiyev boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoyga tashrifi doirasida Beifang Automotive Education Group rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Foto: “Dunyo” AA

Hujjatga muvofiq, Sirdaryo viloyatida, xususan Guliston davlat universiteti qoshida xalqaro standartlarga javob beradigan avtomobilsozlik yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy o‘quv-trening markazi tashkil etish rejalashtirilmoqda. Markazni ilg‘or laboratoriya jihozlari va zamonaviy o‘quv infratuzilmasi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, hamkorlik doirasida qo‘shma o‘quv rejalari va o‘quv-uslubiy materiallar ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Xitoyda malaka oshirish va stajirovkalar tashkil etish rejalashtirilgan. Bitiruvchilarga xalqaro sertifikat va malaka berish mexanizmlarini joriy etish ham nazarda tutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, mazkur tashabbus avtomobilsozlik sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilarning akademik harakatchanligini kengaytirishga xizmat qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid