Transparency International xalqaro nodavlat-notijorat taşkiloti 2025 yil yakunlari böyiça özining an’anaviy Korrupsiyani qabul qiliş indeksini e’lon qildi. Bu safar reytingda 182 ta davlatning körsatkiçlari keltirilgan.

Özbekiston unda 31 ball bilan 124-örinni egalladi.

Taqqoslaş uçun, Özbekiston bu indeksning 2016 yilgi hisobotida 21 ball bilan 156-örinda joylaşgandi.

Keyingi yillardagi örinlar:

  • 2017 yilda 157-örin (22 ball); 
  • 2018 yilda 158-örin (23 ball);
  • 2019 yilda 153-örin (25 ball);
  • 2020 yilda 146-örin (26 ball);
  • 2021 yilda 140-örin (28 ball);
  • 2022 yilda 126-örin (31 ball);
  • 2023 yilda 121-örin (33 ball);
  • 2024 yilda 121-örin (32 ball).

2025 yil yakunlari böyiça korrupsiya darajasi eng past Top-10 mamlakatlar quyidagilar:

  1. Daniya – 89 ball;
  2. Finlandiya – 88 ball;
  3. Singapur – 84 ball;
  4. Yangi Zelandiya – 81 ball;
  5. Norvegiya – 81 ball;
  6. Şvetsiya – 80 ball;
  7. Şveytsariya – 80 ball;
  8. Lyuksemburg – 78 ball;
  9. Niderlandiya – 78 ball;
  10. Germaniya – 77 ball.

Rossiya özining tarixiy antirekordini takrorlab, 22 ball olgan hamda Çad, Gonduras va Zimbabve kabi davlatlar bilan 157-örinni bölişib turibdi.

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozoğiston 96, Qirğiziston 142, Tojikiston 166, Turkmaniston esa 167-örinda joylaşgan.

Reytingni Nikaragua, Sudan, Eritreya, Liviya, Yaman, Venesuela, Somali va Janubiy Sudan kabi davlatlar yakunlab bergan.