Ma’lum qilinişiça, Orif Olimoviç Fayziyev Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi raisining birinçi örinbosari etib tayinlangan. U bunga qadar Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Şuningdek, Nozim Mansurbekoviç Rustambekov mazkur milliy qömita raisining örinbosari etib tayinlangan. U avvalroq Adliya vazirligida Huquqni qöllaş departamenti rahbari lavozimida işlagan.

Tayinlovlar urbanizatsiya jarayonlarini tizimli boşqariş, uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş hamda sohadagi dastur va loyihalarni samarali muvofiqlaştirişga qaratilgan vazifalar ijrosini kuçaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.