13 fevral kuni Germaniyada Myunxen xavfsizlik forumi öz işini boşladi. Oçiliş sessiyasida sözga çiqqan kansler Fridrix Mers Yevropa va AQŞ örtasida katta jarlik paydo bölganini gapirdi. Tadbirni joyidan yoritayotgan Kun.uz muxbiriga köra, 1963 yildan beri ötkazilib kelinayotgan tarixiy yiğinda bu yil 60 dan ortiq prezident va boş vazirlar, 16 nafar taşqi işlar vaziri, 25 nafar mudofaa vaziri, admirallar, diplomat va ekspertlar qatnaşmoqda.
Bu yilgi xavfsizlik forumi oldidan e’lon qilingan yillik hisobot “Vayronagarçiliklar ostida” deb nomlandi. Bu bilan forum taşkilotçilari xavfsizlik borasida dunyodagi tizim boşi berk köçaga kirib qolganini körsatişga urindi. Bundan taşqari, dunyoda şakllangan 80 yillik tartibot ham öz kuçini yöqotib, katta davlatlarning imperializm va kuç işlatişga bölgan urinişlari sabab xavfsizlik inqirozi yuzaga keldi.
Myunxen xavfsizlik forumining oçiliş sessiyasida sözga çiqqan Germaniya kansleri ança jiddiy fikrlarini örtaga taşladi. Umuman olganda, bu yilgi forumning asosiy masalasi – AQŞ bilan buzilgan Yevropa aloqalariga qaratiladiganga öxşamoqda.
Fridrix Mersga köra, AQŞ Yevropadagi real vaziyatni e’tiborga olmay, mensimayapti. Bu esa transatlantik aloqalarga putur yetkazdi.
“Yangi transatlantik hamkorlik: afsuski, AQŞ bilan örtamizda katta jarlik paydo böldi. Ayni dam söz erkinligi va demokratiya ham eng oğir davrni boşdan keçirmoqda. Transatlantik hamkorlik mohiyatini yöqotib qöydi, agar kelajakda biz uni saqlab qololsak, yangiça işlaşimizga töğri keladi. Biz yevropaliklar bitta narsani yaxşi bilamiz, NATO – bu faqat bizning mulkimiz emas, aziz amerikalik döstlar bu sizning ham mulkingiz. Yevropa Pentagon buni yaxşi tuşunişini biladi. Kelinglar, bu aloqalarimizni saqlab qolaylik, döstlar”, dedi Germaniya kansleri.
Fridrix Mers şuningdek, AQŞning Grenlandiyaga da’volariga ham töxtaldi. Rasmiy Berlin xalqaro huquq tomonida ekanini bildirdi.
“Grenlandiya böyiça gapiradigan bölsam, köplab davlatlar, xususan Kanada, Yaponiya, Turkiya, Braziliya va qator Janubiy Amerika davlatlari özining yaqqol pozitsiyasini e’lon qildi. Biz ham xalqaro huquq normalari tarafidamiz, bu jiddiy muammo faqat tinçlik vositalari bilan hal etilişini istaymiz. Biz bir marta bu yöldan ötib körganmiz, oqibati esa öta fojiali böldi. 1945 yildan keyingi xalqaro tartibotda NATO eng işonçli tuzilmaga aylangandi, şu işonçni saqlab qolişimiz kerak. Nafaqat özimiz, balki bolalarimiz va nevaralarimiz uçun ham töğri iş qilişimiz lozim deb bilaman”,











