Ekran çarçoği sindromi nima va u qanday namoyon böladi?
Uşbu sindrom ekran oldida uzoq vaqt işlaşdan kelib çiqadigan belgilar yiğindisidir. Kasallik hisoblanmasada, u hayot sifatiga sezilarli darajada ta’sir körsatişi mumkin.
Sindrom quyidagi belgilar bilan namoyon böladi:
- közlarda quruqlik, açişiş, qiçişiş;
- qovoq ostida qumga öxşaş moddalar yiğilişi;
- qizariş;
- xira köriş;
- matnlar suzayotganday tuyulişi;
- boş oğriği va diqqatni jamlaşda qiynaliş.
Ekran çarçoği sindromini yuzaga keltiruvçi qöşimça omillar sifatida notöğri yoki tasodifan sozlangan yoruğlik, doimiy ravişda yaqin obektga qaraş, xona havosining quruqligi va muntazam dam oliş imkoniyati yöqligini keltiriş mumkin.
Közlarni qanday himoyalaş mumkin?
Ekranni butkul işlatmaslikning imkoni yöq, ayniqsa, ofis xodimi yoki talaba bölsangiz. Lekin köz çarçoğini kamaytirişning bir neçta samarali usullari mavjud:
- 20-20-20 qoidasi. Har 20 daqiqada kamida 20 sekund davomida taxminan 6 metr uzoqlikdagi obektga qarang. Bu köz muşaklari dam olişiga yordam beradi.
- Közlar miltillaşini boşqariş. Kompyuterda işlaganda köz miltillaşi 2–3 marta kamayadi. Bu köz yon qobiği uzunlaşişini keltirib çiqaradi va oqibatda közlarda quruqlik, qiçişiş hamda çarçoq hissi paydo böladi. Şuning uçun iş davomida közlaringizni köproq miltillatişga e’tibor bering.
- Örindiqni töğri joylaştiriş. Közdan ekrangaça masofa 50–70 sm atrofida bölişi kerak, monitor esa köz darajasidan pastroqda turişi lozim. Yoruğlikning bir xil tarqalganligiga diqqat qiling, u orqa tomondan yoki yuzingizga qarab tuşmasligi zarur.
- Dam oliş. Qisqa vizual dam oling. Tanaffus uçun vaqt ölçagiç (taymer)dan foydalaning.
- Tanaffus vaqtida gadjetlarni işlatmaslik. Işdan keyin darhol televizor köriş yoki telefonda öyin öynaşdan tiyiling. Buning örniga sayr qiliş, sport bilan şuğullaniş ma’qul. Közlar salomatligi uçun uzoq joylarga qaraş juda ham muhim.











