Qiroliça Mariya nomidagi London universiteti olimlari doimiy çarçoqdan xalos bölişning samarali usulini ma'lum qilişdi. Tegişli tadqiqot The Lancet jurnalida e'lon qilindi, deb xabar bermoqda The Telegraph.

Doimiy çarçoq sindromi bilan kuraşda tez-tez jismoniy tarbiya bilan şuğullaniş kömak beradi. U örtaça doimiylikda bölişi lozim.

Mualliflar bunday xulosalarga 12 hafta davomida 200 kişining soğligini kuzatib kelişgan. Bu insonlar depressiya va uyqusizlikka qarşi dorilardan taşqari, jismoniy tarbiya bilan ham şuğullanişgan. 100 kişidan iborat bölgan nazorat guruhi bilan taqqoslaganda, taxminan 40 insonning holati yaxşilangan.

Doimiy çarçoq sindromi asab tizimidagi muammolar bilan boğliq, u hattoki uzoq muddatli hordiqdan keyin ham yöqolmaydi. Asosan rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan, ming kişidan yetti nafarida şunday holat kuzatiladi.