Sog‘lom hayot | 01:22
1199
2 daqiqa o‘qiladi

Ekspert go‘shtni qanchalik ko‘p iste’mol qilish kerakligini aytdi

Olimning aniqlashicha, uzoq umr ko‘ruvchilar odatda haftada bir-ikki marta go‘sht yeyishadi, ular ko‘p miqdorda sabzavot, mevalar, ko‘katlar, yong‘oqlar va urug‘larni iste’mol qilishadi.

Foto: Izvestiya

Uzoq umr ko‘rish bo‘yicha ekspert, National Geographic stipendiati va ko‘plab ilmiy ishlar muallifi Den Byuttner uzoq umr ko‘rish uchun go‘shtni qay darajada iste’mol qilish kerakligini aytdi.  

Byuttner 100 yoshdan oshganlar eng ko‘p uchraydigan beshta «ko‘k hudud»ni o‘rgangan. Bular: Okinava (Yaponiya), Sardiniya (Italiya), Nikoya (Kosta-Rika), Ikariya (Gretsiya) va Loma-Linda (AQSh).

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hududlardagi aksariyat uzoq umr ko‘ruvchilar go‘shtdan butunlay voz kechmagan — ular vegan emas, shu bilan birga, ularning ratsioni go‘shtga asoslanmagan, har bir ovqatiga go‘sht solmaydi. Olimning aniqlashicha, uzoq umr ko‘ruvchilar odatda haftada bir-ikki marta go‘sht yeyishadi, ular ko‘p miqdorda sabzavot, mevalar, ko‘katlar, yong‘oqlar va urug‘larni iste’mol qilishadi.

Byuttnerning ta’kidlashicha, sog‘liqni saqlash uchun kuniga bir porsiya go‘sht iste’mol qilish mumkin, ammo haddan oshmaslik muhim — har bir ovqatga go‘sht qo‘shmaslik kerak.

«Agar kuniga bir porsiyadan ko‘p go‘sht iste’mol qilsangiz, surunkali kasalliklar xavfi ortadi», — dedi u.

Byuttnerning «ko‘k zonalar»da olib borgan tadqiqotlari uzoq umr ko‘ruvchilar ratsioni dukkakli o‘simliklar, ko‘katlar va tozalanmagan uglevodlarga boy ekanini ko‘rsatgan. Bu esa surunkali kasalliklarga chalinish xavfini kamaytirishga va umr davomiyligini oshirishga yordam beradi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров

Mavzuga oid