Uning aytişiça, bu safar muhokama qilinadigan mavzular doirasi Abu-Dabida ötgan avvalgi raundlarga qaraganda kengroq böladi.

Peskov aniqlaştirişiça, delegatsiyaga Rossiya prezidenti yordamçisi Vladimir Medinskiy rahbarlik qiladi. Tarkibga, şuningdek, RF TIV rahbari örinbosari Mixail Galuzin hamda RF Qurolli kuçlari Boş ştabi Boş razvedka boşqarmasi rahbari Igor Kostyukov ham kiritilgan.

Peskov sözlariga köra, Abu-Dabida Medinskiy qatnaşmagan, “çunki u yerda xavfsizlik masalalari, harbiylarga bevosita taalluqli bölgan masalalar muhokama qilingan, şuning uçun u yerda guruhimizga Kostyukov rahbarlik qilgan va guruh harbiylardan iborat bölgan”.

“Bu safar esa ança keng masalalar doirasini, jumladan hududlar va qolgan barça asosiy masalalarni — biz qöyayotgan talablar bilan boğliq jihatlarni muhokama qiliş nazarda tutilyapti. Bu yerda endi boş muzokaraçining, ya’ni Medinskiyning iştiroki zarur”, — deya Peskovning sözlarini “Interfaks” agentligi keltirgan.

Bu hafta Rossiya, Ukraina va AQŞ vakillari örtasida navbatdagi muzokaralar raundi rejalaştirilgan. Dialog 17–18 fevral kunlari Jyenevada bölib ötişi kutilmoqda. Ukraina prezidenti ma’muriyati vakili bu ma’lumotni tasdiqlagan. AQŞ vositaçiligida Abu-Dabida ötgan oldingi ikki raund muzokaralar esa sezilarli yutuq keltirmagan.