Özbekiston elçisi Ravşan Usmanov dunyoning yetakçi teleradiokompaniyalaridan biri — BBC News’ning Yevropa böyiça mintaqaviy direktori Riçard Koulborn bilan uçraşdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Uçraşuv çoğida tomonlar Buyuk Britaniya va Özbekiston örtasida media sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş, axborot almaşinuvini faollaştiriş hamda ikki mamlakat ommaviy axborot tuzilmalari örtasida töğridan-töğri muloqot mexanizmlarini yölga qöyiş masalalarini atrofliça muhokama qildi. Şuningdek, qöşma media loyihalarni amalga oşiriş borasidagi istiqbolli yönalişlar körib çiqildi.

Muzokaralar davomida Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, söz erkinligini ta’minlaş va axborot makonini oçiqlik tamoyillari asosida rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Riçard Koulborn Özbekiston media taşkilotlari bilan özaro manfaatli va samarali hamkorlikni davom ettirişga, tajriba almaşişni kengaytirişga hamda qöşma loyihalarni amalga oşirişga tayyorligini bildirdi.

Suhbatdoşlar muloqotni tizimli ravişda davom ettiriş va aniq amaliy taşabbuslar işlab çiqiş böyiça kelişib oldi.