Prezident «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda ötkaziş töğrisida»gi qarorini imzoladi. Unga köra, 2026 yilgi muborak Ramazon oyining boşlanişi 19 fevral kuniga töğri kelişi haqidagi Özbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uçun qabul qilindi.

«Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Din işlari böyiça qömita, Özbekiston mahallalari uyuşmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasi va boşqa hamkor taşkilotlar bilan birgalikda mamlakatimizda Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda ötkazişga doir çora-tadbirlarni amalga oşirsin», – deyiladi qaror matnida.

«Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va şukronalik oyi» ğoyasi asosida quyidagilar amalga oşiriladi:

  • kam ta’minlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş;
  • mahallalarni özaro hurmat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantiriş;
  • yer, suv, havo va tabiiy muhitni asraş, muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlarni obod etiş;
  • Ramazon oyi bilan boğliq tadbirlarni isrofgarçilikka yöl qöymasdan, ixçam, mazmunli va tejamkorlik asosida ötkaziş.

Avvalroq Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) Musulmon diniy idoralari rahbarlari kengaşining Fatvo hay’ati Samarqandda bölib ötgan yiğilişida ham 2026 yil Ramazon oyi 19 fevral kuni boşlanişi, Ramazon hayiti esa 20 mart, juma kuniga töğri kelişini ma’lum qilgandi.