«Şu bois, Özbekistonda Ramazon oyining birinçi kuni — 19 fevralga töğri kelişi haqida qaror qabul qilindi», deyiladi idora xabarida.
Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bugun, 17 fevral kuni — hijriy 1447 yil Ramazon oyi hiloli körinmaganini ma’lum qildi. Diniy idoraga köra, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining taqdim etgan ma’lumoti ham mazkur kuzatişlarni tasdiqlagan.
«Şu bois, joriy yil 18 fevral kunini — Şa’bon oyining öttizinçi kuni, Ramazon oyining birinçi kuni esa şu yilning 19 fevral kuniga töğri kelişi haqida qaror qabul qilindi», deyiladi Musulmonlar idorasi xabarida.
Diniy idoraning ma’lum qilişiça, quyidagi aksar musulmon mamlakatlari ham Ramazon oyining birinçi kunini şu yilning 19 fevral kuni deb e’lon qilgan:
- Misr Arab Respublikasi
- Iordaniya
- Suriya
- Iroq
- Eron
- Turkiya
- Qozoğiston
- Qirğiziston
- Tojikiston
- Turkmaniston
- Ozarboyjon
- Indoneziya
- Bruney
- Ummon
- Singapur
- Avstraliya
- Yaponiya
- Pokiston
- Hindiston
- Malayziya
- Janubiy Koreya
Musulmonlar idorasining ma’lum qilişiça, Yevropa fatvo va tadqiqotlar kengaşi ham joriy yil 19 fevral kunini Ramazon oyining birinçi kuni, deb e’lon qilgan.
Bugun, tuşdan söng Saudiya Arabistoni Oliy sudining oy köriş qömitasi 2026 yil 18 fevralni Ramazon oyining birinçi kuni deb e’lon qilgandi.
Özbekistonda esa 16 fevral kuni «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda ötkaziş töğrisida»gi prezident qarori imzolandi












