Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi umumiy ovqatlaniş korxonalarini Ramazon oyida mijozlarni «setlar» (kompleks ovqatlar töplami) xarid qilişga majburlamaslikka çaqirdi.
Qömita ma’lum qilişiça, ayrim kafe, restoran va oşxonalarda Ramazon davrida «aksiya setlar» joriy qilinib, ularni majburiy tarzda taklif qiliş, şuningdek, minimal narx belgilab, boşqa tanlovni çeklaş holatlari kuzatilmoqda. Bu esa iste’molçilarning erkin tanlov huquqlarini çeklaş alomatlarini körsatadi.
«Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonunning 4-moddasiga muvofiq, iste’molçi tovar va xizmatlarni erkin tanlaş hamda ularning sifatli bölişini talab qiliş huquqiga egaligi eslatilgan. 21-moddaga köra esa sotuvçi yoki ijroçi iste’molçini qöşimça tovarlar xarid qilişga yoki xizmatlardan foydalanişga majburlay olmaydi.
Qömita umumiy ovqatlaniş korxonalari xizmat körsatiş jarayonida mijozlarni qöşimça mahsulot va xizmatlarni olişga qistamasligi, «set»dan boş tortgan taqdirda taomnomadagi boşqa taomlarni buyurtma qiliş huquqini çeklamasligi lozimligini ta’kidladi.
Şuningdek, iste’molçilar soğliğiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin bölgan, jumladan allergiya çaqiruvçi tarkibiy qismlar inobatga olinmasdan, taomlarni ovqatlar töplami tarkibida majburiy sotiş holatlariga yöl qöymaslik kerakligi qayd etildi.
Raqobat qömitasi bu kabi holatlar iste’molçilar huquqlarini buzişi mumkinligini ta’kidlab, qonun talablari buzilgan taqdirda belgilangan tartibda ta’sir çoralari körilişini eslatdi.
Avvalroq Raqobat qömitasi yirik savdo tarmoqlari va majmualarini Ramazon oyida ijtimoiy muhim mahsulotlar narxini asossiz oşirmaslik böyiça ogohlantirgandi.











