Rossiya Boş prokuraturasi «Krokus Siti Xoll»dagi teraktning tört nafar ijroçisini umrbod qamoq jazosiga hukm qilişni söradi, deb xabar berdi RBK.

Tojikistonlik Şamsiddin Fariduniy, Dalerjon Mirzoyev, Muhammadsobir Fayzov va Saidakromi Rajabalizoda Jinoyat kodeksining bir neçta moddalari, jumladan, terakt sodir etişda ayblanmoqda.

«RIA Novosti» naşriga köra, iş böyiça ötayotgan 19 nafar şaxsdan 15 nafariga umrbod qamoq jazosi söralgan. Prokuror söragan eng kam muddat - 19 yil ekani aytilmoqda.

Şuningdek, iş böyiça Şahromjon Gadoyev, Zubaydullo Ismoilov, Husayn Hamidov, Muhammad Zoir Şaripzoda, Yoqubjoni Davlatxon Yusufzoda, Nazrimad Lutfulloiy, Jumaxon Qurbonov, Husen Medov, Jabroil Auşev, Alişer Qosimov, Umedjon va Mustaqim Soliyevlar, Isroil Islomov, Dilovar va Aminjon Islomovlar ham iştirok etmoqda. Ularning aksariyati Tojikiston fuqarolari.

Tergov versiyasiga köra, «Krokus»ga hujumni IŞID tarkibiga kiruvçi «Viloyati Xuroson» terrorçilik taşkiloti uyuştirgan. Şu bilan birga, tergovçilarning ta’kidlaşiça, taşkilotda xorijiy maxsus xizmatlar iştirok etgan va hujum «Ukraina oliy rahbariyati manfaatlarini közlab» uyuştirilgan. Terakt taşkilotçilari haligaça topilmadi. Iş böyiça ikki mingdan ortiq kişi jabrlangan.

Eslatib ötamiz, 2024 yil 22 mart kuni Moskva viloyatining Krasnogorsk şahridagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan teraktda 146 kişi halok bölgan, 550 nafardan ortiği jarohatlangan edi. Tört nafar qurollangan şaxs konsert zaliga bostirib kirib, tomoşabinlarga qarata öq uzdi va binoga öt qöydi. Oqibatda «Krokus» binosi butunlay yonib ketdi.