2020 yilning oktyabr oyi. Qamoqxona kamerasida ötirgan, ota-onasining janozasiga borişiga ruxsat berilmagan, tuşkunlikdan hatto öz joniga qasd qilişga uringan siyosiy mahbus bir neça kun ötib davlat rahbariga aylanadi. Bu siyosatçi – Qirğizistonning amaldagi prezidenti Sadir Japarov.

Kun.uz qöşni respublikada yuz berayotgan kadrlar almaşinuvi fonida Japarovning keskin burilişlarga boy hayoti, Qamçibek Taşiyev bilan sirli ittifoqi, Özbekiston–Qirğiziston munosabatlaridagi “muzning erişi” va aloqalarning yaxşilanişi haqida hikoya qiladi.

Kolxozdan deputatlikka

Sadir Japarov 1968 yilda, Qirğizistonning Issiqköl viloyatida tuğilgan. Mehnat faoliyatini 1987 yilda Çuy viloyatidagi “Santaş” kolxozida işçi sifatida boşlagan, keyinçalik kolxoz rahbariga aylangan. 1986-1991 yillarda Bişkekdagi Qirğiz davlat jismoniy tarbiya institutida öqib, bu orada harbiy xizmatni Rossiyaning Novosibirsk şahrida ötab kelgan.

Japarov 90-yillar örtalari va 2000-yillar boşlarida Issiqköl viloyatidagi bir neçta neft kompaniyalariga rahbarlik qilgan. Siyosiy maydonga esa ança keç, 37 yoşida kirib keladi. 2005 yil boşida Qirğizistonda “Lola inqilobi” röy berib, yirik namoyişlar tölqini avj oladi. Ana şu tölqinga sabab bölgan saylovda Japarov özi tuğilgan Tup tumanidan parlament deputatligiga saylangan.

Siyosatga çuqurroq kirib borgani sari, nufuzliroq diplom zaruratini anglagan Japarov 2006 yilda Bişkekdagi eng obröli oliy öquv yurtlaridan biri – Boris Yelsin nomidagi Qirğiziston–Rossiya Slavyan universitetining yuridik fakultetini tamomlaydi.

“Lola inqilobi”dan keyin prezidentlikka Qirğiziston Xalq harakati lideri Kurmanbek Bakiyev keladi. Japarov ham şu harakat tarafdori edi va tezda Bakiyev jamoasiga qöşiladi. 2007–2010 yillar oraliğida u dastlab prezident maslahatçisi, keyinçalik Korrupsiyaga qarşi kuraş milliy agentligi direktori sifatida işlaydi.

Japarov nega qamalgan?

2010 yilda Bişkek va Qirğizistonning boşqa şaharlarida yana ommaviy namoyişlar boşlanadi. Inqilobçilar Bakiyevni avtoritarizmda ayblaydi va mamlakatda oğir iqtisodiy vaziyat yuzaga kelganidan noroziliklarini bildira boşlaydi. Natijada Bakiyev hokimiyatdan ağdariladi va çet elga qoçib ketadi. Bu orada Japarov muxolifat “Ata-Jurt” partiyasi tarkibiga qöşiladi va deputat sifatida yana parlamentga qaytadi. Uning siyosiy “fişka”si va xalqni ergaştira olgan asosiy şiori bitta edi – “Qumtor” oltin konini milliylaştiriş. Siyosatçi yillar davomida “Qirğiziston oltini qirğizlarga qolişi kerak”, deya tinimsiz takrorlab keladi. Bu Japarovga oddiy xalq orasida katta obro‘ olib keladi, öz navbatida markaziy hokimiyatdagilarning jahlini çiqarardi. Şu tariqa Sadir Japarov va Almazbek Atamboyev hukumati örtasidagi oçiq qarama-qarşilik boşlanadi.