Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temir yöli qurilişi uçun Rossiyadan ruxsat olişga majbur bölgani haqida aytib berdi. Prezidentdan intervyu olgan jurnalist Ali Töktakunov Japarovdan «temir yöl qurib bitkazilsa, qaçon foydaga kirişi, şuningdek loyihani yoqtirmaydigan taşqi yoki içki kuçlar» haqida söradi.

«Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temir yölini quriş zarurati haqida biz Sovet ittifoqi parçalangan paytdan beri gapirib kelamiz.

2020-yilda hokimiyatga kelganimda, darhol Xitoyning öşa paytdagi elçisini huzurimga çaqirdim (2019-yildan 2024-yilgaça Bişkekdagi Xitoy elçisi Du Deven bölgan). Hozir boşqa elçi, u özgargan. Biz xonada ikkimiz ötirgandik, men unga Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temir yöli loyihasini boşlamoqçi ekanligimni aytdim:

«Keling, boşlaylik. Mutaxassislarni olib keling, texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlaymiz, loyihani işlab çiqamiz. Kim qança pul kiritişini, qanday şartlarda ekanini körib çiqaylik. Agar siz moliyalaştirsangiz, qanday şartlarda va qanday foiz böladi? Özbekiston bilan ham gaplaşamiz».

Elçi menga oçiqçasiga «buni boşlay olasizmi, bunga kuçingiz yetadimi?», dedi. Men «nega boşlay olmas ekanman? Men öz mamlakatim hududidaman va Qirğiziston hududi uçun javobgarman. Albatta, boşlayman», dedim.

Xitoy elçisi esa dangaliga şunday dedi: «Yöq, siz bu masalani mustaqil hal qila olmaysiz. Agar Rossiya qarşi bölsa, agar Rossiya rozi bölmasa, biz bu yöl qurilişini boşlay olmaymiz. Çunki Xitoy tomonidan ham Torugartgaça taxminan 100 kilometrlik yangi temir yöl quriş kerak».

Pekin vakili Qirğiziston – Yevrosiyo hududida joylaşgani, KXŞTga a’zo ekani, şuning uçun Rossiya rozi bölmasa, Xitoy tomoni loyihani boşlay olmasligini tuşuntirgan.

Putinning oldiga bordim

«Men hayron qoldim. Şundan söng, men Vladimir Putin bilan amaliy uçraşuv taşkil qilib berişlarini söradim. Ertasigayoq u meni qabul qilişga rozi böldi.

U yerga özim yolğiz uçib bordim. Vladimir Vladimiroviç bilan bir-birimizga qarab, taxminan 35-40 daqiqa davomida aynan şu mavzuni juda jiddiy muhokama qildik.